Rossiyada geroindan 5 ming barobar kuchliroq bo‘lgan yangi Xitoy giyohvand vositasi tarqaldi
Karfentanil sintetik opioid bo‘lib, fentanil hosilasi hisoblanadi.

Foto: Global Look Press/URA.RU/Ilya Moskovets
Rossiya huquq-tartibot idoralari karfentanil - xavfli sintetik giyohvand moddasining partiyalarini muntazam ravishda musodara qilishni boshladi. Bu haqda «Izvestiya» xabar berdi.
Agar 2024 yilgacha Rossiyada u kamdan-kam hollarda aniqlangan bo‘lsa, 2024 yilda huquq-tartibot idoralari xodimlari tarkibida karfentanil bo‘lgan 1 kilogramm, joriy yil dastlabki oylarida esa yana 100 gramm giyohvand moddani musodara qilgan.
Preparat sintetik opioid bo‘lib, fentanil hosilasi hisoblanadi. U birinchi marta 1974 yilda Janssen kompaniyasi tomonidan sintez qilingan.
Tadqiqotda aytilishicha, karfentanil geroindan 5 ming marta va morfindan 10 ming marta kuchliroq. Bu yirik sutemizuvchilar - fillar, karkidonlar, buyvollar va antilopalar uchun tinchlantiruvchi vositadir.
Nashrga ko‘ra, Xitoy karfentanilning asosiy ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.
BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ushbu dorini dunyodagi eng kuchli tijorat opioidlaridan biri sifatida tasniflagan.
Odamlar uchun o‘limga olib keladigan doza atigi 2 mkg (0,002 mg). Rossiyada karfentanil nazorat qilinadigan psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid

09:05
Tramp Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini pasaytirishini e’lon qildi

17:44 / 22.04.2025
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda

00:22 / 22.04.2025
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi

09:43 / 21.04.2025