Britaniya O‘zbekistondagi loyihalarga investitsiya kompaniyalarini jalb qilishga ko‘maklashadi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya xalqaro moliya markazining (TheCityUK) xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh direktori Nikola Uotkinson bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Muloqot chog‘ida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Suhbatdosh O‘zbekiston hayotida kechayotgan yangilanishlar, iqtisodiy islohotlar, shu jumladan, bank-moliya sohasini rivojlantirish va xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘nalishidagi chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Uchrashuv yakunida TheCityUK bilan O‘zbekistonda davlat mulki obektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, respublikada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun dunyodagi yirik infratuzilmaviy investitsiya kompaniyalarini jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
TheCityUK 2010 yilda London shahrida tashkil etilgan. U Britaniyaning moliya va xizmatlar sohasini ilgari surish, rag‘batlantirish va ularni himoya qilishga yo‘naltirilgan mustaqil moliya markazidir.
Markaz moliya, sug‘urta, bank, aktivlar boshqaruvi, investitsiyalar, huquqiy va boshqa turli xil biznes xizmatlari sohasida ishlaydigan kompaniyalarning manfaatlari va imkoniyatlarini jahon bozorida ilgari surish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid

12:40
Xitoy banki O‘zbekistonga IT'ni rivojlantirish uchun 500 mln dollar ajratadi

12:07 / 21.06.2025
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

16:00 / 19.06.2025
Malayziya ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi

14:52 / 18.06.2025