Turkiston Avenue TJMning 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi
Xonadonlar kotlovan bosqichida sotiladi, bu esa uy-joyni arzonroq narxda va qulay shartlar asosida sotib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Foto: Turkiston Development
Qurilishning dastlabki bosqichida sotilayotganligi sababli uy-joy narxi bozor narxidan ancha past, xaridorlar qurilish yakunlangani sari kvadrat metr narxining oshishini kutib, ko‘chmas mulkka foydali sarmoya kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Turkiston Avenue qurilishining uchinchi bosqichi haqida
Qurilishning uchinchi bosqichi doirasida 30 m2 dan boshlab qulay rejalashtirilgan zamonaviy xonadonlarni yaratishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Ushbu xonadonlar ham qulay yashash, ham sarmoya kiritish uchun ayni muddaodir.
Birinchi xaridorlar uchun maxsus shartlar:
- Xonadonlar narxi 100 foiz to‘langanda 1 m2 uchun 590 AQSh dollaridan boshlanadi.
- Dastlabki 55 nafar xaridor uchun “white box” ko‘rinishida taqdim etiladi, elektromontaj xizmati sovg‘aga.
Ushbu taklif ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish va ko‘chib o‘tish jarayonini tezlashtirish imkonini bergani uchun uy-joy sotib olishni yanada manfaatli qiladi.
Moslashuvchan xarid shartlari
Uy-joy xaridini yanada manfaatli qiladigan afzalliklar:
- Eng kam oylik to‘lov — 4 900 000 so‘mdan boshlanadi, bu esa xaridni kundalik xarajatlaringiz qatoriga oson kiritishingizga imkon beradi.
- Boshlang‘ich to‘lov — 67 000 000 so‘mdan boshlanadi, bu kam xarajatlar bilan orzungizdagi xonadon sari yo‘l ochadi.
- Shartlarning to‘liq shaffofligi — hech qanday yashirin komissiyalar va qo‘shimcha to‘lovlarsiz, barcha shartnoma ma’lumotlari aniq va tushunarli.
Xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida 40 oygacha bo‘lgan muddatli to‘lovning moslashuvchan tizimi ishlab chiqilgan, u bankka murojaat qilmasdan, xaridni ortiqcha xarajatlarsiz rasmiylashtirish imkonini beradi.
Nima uchun Turkiston Avenue?
Turkiston Avenue turar joy majmuasi – Toshkent markazidan atigi 20 daqiqalik masofada joylashgan 11 ta yo‘lakli, 16 qavatli zamonaviy majmua. Mazkur arxitektura loyihasi odamlar yaxshi hayot kechirishlari uchun barcha sharoitlarni yaratadi va yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydi.
Majmuada quyidagilar ko‘zda tutilgan:
- 29.5m2 dan 85.3m2 gacha bo‘lgan turli xil planirovkalar, ham shaxsiy foydalanish, ham investitsiya sifatida sotib olish uchun mos keladi.
- Yopiq hovli va ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar.
- Bolalar maydonchasi va faol hordiq chiqarish joylari.
- Har bir yo‘lakda zamonaviy, shovqinsiz liftlar.
- Qulay yer osti va yer usti avtoturargohlari.
Turar joy majmuasi ekologik toza hududda joylashgan, bu shaharga yaqin bo‘lish, shu bilan birga tabiatdan va hudud hayotining bir maromda kechishidan bahramand bo‘lish imkonini beradi.
Majmuani topshirish muddati
Qurilishni yakunlash va 3-bosqichni foydalanishga topshirish 2028 yilga mo‘ljallangan.
Turkiston Avenue turar joy majmuasi – sifat, qulaylik va hamyonboplikning uyg‘unligi. Maxsus shartlar bo‘yicha xonadonlar soni cheklangan.
Ishonchlilik kafolati
Turkiston Development qurilish kompaniyasi Toshkentda bir nechta yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, jumladan, poytaxt markazida joylashgan 12 qavatli Darkhan Residence turar joy majmuasi va shu yilning o‘zida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan Sunrise turar joy majmuasining deyarli yakunlangan loyihasi.
Darkhan Residence – bu zamonaviy xonadonlar va yuqori sifatli bezaklarga ega premium darajadagi elita klub uyi. O‘z navbatida, Yunusobod tumanida joylashgan Sunrise loyihasi deyarli sotilib, 1, 2 va 3 xonali xonadonlarni taklif qilmoqda.
Ikkala loyiha ham quruvchining professionalligi va uning Toshkentda arzon va sifatli uy-joy yaratishga bo‘lgan ishtiyoqini ta’kidlaydi.
Batafsil ma’lumot olish va o‘zingizga mos planirovkani tanlash uchun +998 78 113-73-13 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Savdo ofisi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Mirzaobod ko‘chasi, 96A-uy.
Reklama huquqi asosida.