Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gagauziya rahbari Gutsul tergov izolyatoridan uy qamog‘iga o‘tkazildi
Sud mart oyi oxirida hibsga olingan Gagauziya rahbari Yevgeniya Gutsulga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirdi va shu bilan birga hibsni uzaytirdi. Prokuror uni tergov hibsxonasida qoldirishni talab qildi.

Yevgeniya Gutsul Foto: Dmitriy Osmatesko / RIA Novosti
Gagauziya muxtoriyati rahbari Yevgeniya Gutsul tergov hibsxonasidan uy qamog‘iga o‘tkazildi. 9 aprel, chorshanba kuni Kishinyov sudi prokurorlarning tergov izolyatorida hibsga olish muddatini 30 kunga uzaytirish haqidagi iltimosini rad etdi va ehtiyot chorasini o‘zgartirishga qaror qildi.
Shu bilan birga, u rossiyaparast siyosatchini xuddi shu muddatga — 30 kunga uy qamog‘iga jo‘natdi, deb xabar beradi Moldovaning NewsMaker.md nashri. Moldova Liber portali uy qamog‘ining boshqa muddatini keltirmoqda — 20 kun.
Gagauziya rahbarining advokati Natalya Bayram to‘liq ozod etish talabi bilan apellyatsiya shikoyati bermoqchi. «Biz bu profilaktik chorani asossiz va haddan tashqari qattiq deb hisoblaymiz», dedi u RIA "Novosti" agentligiga bergan intervyusida.
Yevgeniya Gutsul saylov fondlarini boshqarish tartibini buzish va hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha tergov doirasida 28 martdan beri hibsda saqlanmoqda. U 25 mart kuni kechqurun Kishinyov aeroportida 72 soatga hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Gutsul 2019—2022 yillarda hozirda Moldovada taqiqlangan rossiyaparast «Shor» partiyasida kotib bo‘lib ishlagan vaqtida Rossiyadan uyushgan jinoiy guruhdan olingan pullarni tizimli ravishda mamlakatga olib kirgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:47
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
Mavzuga oid

08:05 / 29.03.2025
Moldova Gagauziya rahbarini hibsga oldi

08:17 / 25.04.2024
Moldovada rossiyaparast Gagauziya rahbariga nisbatan ayblov e’lon qilindi

09:21 / 15.05.2023