Uzbekistan Airways yangi samolyotlarida internetdan foydalanish imkoniyati bo‘ladi
HBCplus tizimini o‘rnatish 2026 yildan, birinchi A321neo havo kemalarining kelishi bilan boshlanadi.

Foto: The Design Air
Uzbekistan Airways yangi Airbus A321neo havo laynerlarini HBCplus ilg‘or bort aloqasi tizimi (IFC), Airbus kompaniyasining multiorbital aloqani qo‘llab-quvvatlovchi moslashuvchan sun’iy yo‘ldosh texnologiyasi bilan jihozlaydi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tashabbus aviakompaniyaning bort xizmatini modernizatsiya qilish va yo‘lovchilar uchun zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish strategiyasining bir qismidir.
Qayd qilinishicha, HBCplus tizimining joriy etilishi yo‘lovchilarga o‘rta va uzoq masofali yo‘nalishlarda ham kontent ko‘rish, xabar almashish va onlayn ishlash uchun yuqori tezlikdagi internet aloqasini ta’minlaydi. Tizimni o‘rnatish 2026 yildan, birinchi A321neo havo kemalarining kelishi bilan boshlanadi.
Uzbekistan Airways – milliy aviatashuvchi va O‘zbekistonning eng yirik aviakompaniyasi, floti Boeing 787/767, Airbus A320ceo/A320neo/A321neo, L-410 va ATR-72 havo kemalaridan iborat.
Mavzuga oid

01:01 / 15.04.2025
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi

15:52 / 14.04.2025
UzAirways yo‘lovchiga maxsus ovqat bermagani uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi

17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi

18:06 / 07.04.2025