Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi
Zambiya Milliy Assambleyasi kotibi Roy Mukoba Ngulube 7 aprel kuni Toshkentda xizmat safari chog‘ida qisqa muddatli kasallikdan so‘ng vafot etdi. Parlamentlararo ittifoq raisi Tuliya Ekson va bosh kotibi Martin Chungong Zambiya xalqi va parlamentiga ushbu motam yuzasidan chuqur hamdardlik bildirdi.

Foto: IPU
Zambiya Milliy Assambleyasi kotibi Roy Mukoba Ngulube 2025 yil 7 aprel kuni Toshkentda xizmat safari chog‘ida qisqa muddatli kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda xabar bergan Parlamentlararo ittifoq rasmiy sahifasida tashkilot raisi Tuliya Ekson va bosh kotibi Martin Chungong Zambiya xalqi va parlamentiga ushbu motam yuzasidan chuqur hamdardlik bildirgan.
Zambiya parlamentining xabariga ko‘ra, u Toshkentga IPU tadbirida qatnashish uchun kelgan Zambiya Milliy Assambleyasining Spikeri — Nelly Butete Kashumba Mutti'ga hamroh sifatida kelgan.
Roy Mukobaning o‘limi 7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:35 da, qisqa kasallikdan so‘ng sodir bo‘lgan.
Zambiya Milliy Assambleyasi kotibi lavozimidagi shaxs – siyosiy emas, ma’muriy xodim hisoblangan. U Milliy Assambleya ishlarini tashkillashtirish, deputatlar va spiker uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, texnik qo‘llab-quvvatlash hamda Parlament kotibiyati ishini boshqarish bilan shug‘ullangan.
Davlat xizmati sohasida 30 yillik tajribaga ega Roy Mukoba 2023 yil sentabr oyidan buyon ushbu lavozimni egallagan edi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi
Fan-texnika | 19:20
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
-
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini oshkor qildi
Jahon | 18:48
-
Hamas urushni yakunlaydigan bitim talab qilmoqda. Isroil esa g‘azoliklarni ko‘chirmoqchi
Jahon | 18:40
Mavzuga oid

21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi

20:20 / 08.04.2025
“Yakkalangan davlat bo‘lmasligimiz kerak” – YeXHT Parlament assambleyasi prezidenti

20:28 / 07.04.2025
Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

14:13 / 06.04.2025