Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dominikan poytaxtidagi tungi klub tomi konsert vaqti qulab tushdi. Kamida 27 kishi halok bo‘ldi
Shuningdek, 100 dan ortiq odam jarohat oldi. Hodisa joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda
Dominikan Respublikasi poytaxti Santo-Domingodagi Jet Set tungi klubining tom qismi qulab tushishi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar markaziga (SOE) tayanib Listin Diario nashri xabar berdi.
Shuningdek, hodisa oqibatida 150 nafar atrofidagi odam jarohat olgan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Listin Diario’ning qayd etishicha, qulagan tom ostida qolib ketganlarning yordam so‘rab baqirayotganlari eshitilmoqda.
«Biz hali ko‘plab odamlar tirik bo‘lishi mumkin deb hisoblaymiz, shuning uchun hokimiyat vakillari va qutqaruv operatsiyasida ishtirok etayotganlar oxirgi odam vayronalar ostidan topilmaguncha to‘xtamaydi», — dedi SOE direktori Xuan Manuel Mendes.
Jet Set tomi klubda qo‘shiqchi Rubbi Peresning konserti bo‘layotgan vaqtda qulab tushgan. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Peresning o‘zi vayronalar ostidan chiqarib olingan va uning ahvoli barqaror ekani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, mart o‘rtalarida Shimoliy Makedoniyadagi Pulse tungi klubida yong‘in sodir bo‘lgandi. DNK duetining chiqishi davomida klubda pirotexnika vositalaridan foydalanilgan, natijada shiftda yong‘in chiqqan va tomoshabinlar yagona eshik orqali tashqariga chiqishga uringan. Yong‘in oqibatida 59 kishi halok bo‘lgan, jumladan, uch nafar bola ham.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston | 23:54
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:51
-
Erdo‘g‘an: BMT jiddiy islohotga muhtoj
Jahon | 23:40
-
Peterburgda migrantlarga kurerlik qilish taqiqlandi
Jahon | 23:15
Mavzuga oid

18:15 / 03.07.2025
Chikagodagi tungi klubda otishma yuz berdi. Uch kishi halok bo‘ldi va 16 kishi yaralandi

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

14:48 / 10.04.2025
Dominikanda tom qulashi oqibatida 180 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

17:54 / 17.03.2025