Britaniya O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari hamda Britaniyaning VSO International tashkilotining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha direktori Tim Nyuman o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Onlayn muloqot chog‘ida ta’lim yo‘nalishlarida, jumladan ingliz tilini o‘rgatish va malaka oshirish sohalarida kelgusida qo‘shma loyihalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Tim Nyuman O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlarni e’tirof etish barobarida, kelgusida mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Britaniya vakili, shuningdek, VSO International tashkiloti faoliyati bo‘yicha axborot berdi.
VSO International xalqaro tashkilotining asosiy faoliyati turli mamlakatlarning uzoq muddatli ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga ko‘ngillilarning yordamida bilim va malaka almashish orqali ko‘mak berishga yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid

14:29 / 03.05.2025
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

12:12 / 03.05.2025
O‘zbekiston bo‘ylab 58 ta yangi inklyuziv maktab quriladi

20:34 / 30.04.2025
Nodavlat ta’lim xizmatlari uchun litsenziyalashning yangi tizimi joriy qilinishi mumkin

13:31 / 29.04.2025