Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy sudi yuzlab tirik timsohlarni onlayn auksionga qo‘ydi
Potensial xaridorlar sun’iy suv havzasiga ega bo‘lishi va jonzotlar yashashi uchun kerakli sharoitni yaratib bera olishi lozim.

Foto: Baidu
Xitoy sudi umumiy og‘irligi 100 tonnani tashkil etadigan yuzlab tirik timsohlarni kimoshdi savdolari orqali sotuvga chiqardi. Lotning boshlang‘ich narxi — 4 million yuan (550 ming dollar), deb xabar beradi South China Morning Post.
Shenjen xalq sudi yuzlab timsohlarni onlayn auksion doirasida sotuvga chiqarib, jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Savdolar tashkilotchisi — Alibaba kompaniyasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu reptiliyalar avvaliga 2005 yilda Mo Tszyunrong tomonidan asos solingan Guangdong Hongyi Crocodile Industry Company kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Ammo kompaniya o‘zining moliyaviy majburiyatlarini bajarmaganidan keyin jonzotlar musodara qilingan.
Auksion saytida keltirilishicha, potensial xaridorlar sun’iy suv havzasiga ega bo‘lishi va jonzotlar yashashi uchun kerakli sharoitni yaratib bera olishi lozim. Bundan tashqari, qimmatbaho xaridni amalga oshirgan tomon logistika bo‘yicha barcha xarajatlarni, jumladan, timsohlarni tortish, transport vositasiga ortish, shuningdek, tashish uchun uchun ketadigan mablag‘larni qoplashi kerak.
Agar xaridor yuqoridagi talablarning birortasini bajarmasa, sud 300 ming yuan (41 ming dollar) miqdorida jarima belgilaydi.
Xitoyda timsohlar yuqori daromad keltiradigan jonzotlar hisoblanadi, chunki ulardan 100 dan ortiq mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladi. Mamlakatda timsohlar terisi, go‘shti uchun ko‘paytiriladi, shuningdek, ularga kosmetika va hatto vino ishlab chiqarishda ham talab yuqori. Sotuvga qo‘yilgan sudralib yuruvchilar — siam timsohlari bo‘lib, ular Xitoyda tijoriy maqsadlarda foydalanishga ruxsat berilgan yovvoyi hayvonlar ro‘yxatiga kiritilgan. Siam timsohlarining odatdagi og‘irligi 200 dan 500 kilogrammgacha bo‘ladi, shuning uchun 100 tonna og‘irlikdagi timsohlar soni taxminan 200 dan 500 donagacha bo‘lishi mumkin.
Hozirga qadar onlayn auksiondagi e’lonni 4 mingdan ortiq kishi ko‘rgan, ammo ularning hech biri ishtirok uchun ro‘yxatdan o‘tmagan. Ta’kidlanishicha, bu sudning timsohlarni auksion orqali sotishga bo‘lgan birinchi urinishi emas. 2025 yilning yanvar va fevral oylarida sud mos ravishda 5 million va 4 million yuanlik boshlang‘ich narx bilan ikki marta auksion tashkil etgan, biroq har ikkisi ham muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Badiiy akademiya xodimlari uchun oylik rag‘batlantirish ustamasi belgilandi
O‘zbekiston | 08:10
-
Bloomberg: Zelenskiy Tramp bilan AQShdagi elchini almashtirishni muhokama qildi
Jahon | 07:56
-
O‘zbekistonda milliy usulda qog‘oz tayyorlash bo‘yicha ustaxona tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:36
-
Yevrokomissiya: HAMAS G‘azoda gumanitar yordamni tortib olayotgani haqida hech qanday dalil yo‘q
Jahon | 07:27
Mavzuga oid

21:29 / 08.07.2025
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

18:52 / 06.07.2025
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi

21:57 / 04.07.2025