Tramp Yevropadan moliyaviy reparatsiya talab qildi
AQSh rahbari Yevropadan hozirgi va o‘tgan davrlardagi savdo balansi nomutanosibligi uchun pul talab qildi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp fond bozorlaridagi keskin vaziyatga qasddan turtki bermaganini, ammo AQSh savdo balansidagi nomutanosiblikni bartaraf etish maqsadini yana bir bor ta’kidladi.
O‘tgan hafta Tramp dunyo mamlakatlariga boj tariflarini e’lon qilganidan keyin global fond bozorlarida qulash yuz berdi. Xitoy ham javob tariflarini e’lon qilgach, global savdo urushi yanada kuchaygani ma’lum bo‘ldi.
«Men nimadir noto‘g‘ri ketishini istamayman, lekin ba’zida biror narsani davolash uchun dori-darmonlarni qabul qilish kerak», dedi Tramp. «Biz Xitoy bilan savdo defitsitimizni hal qilishimiz kerak», deb davom etdi u. «Bizda Xitoy bilan trillion dollarlik savdo taqchilligi bor - yiliga yuzlab milliard dollar yo‘qotmoqdamiz. Bu muammoni hal qilmagunimizcha, men kelishuvga erishmoqchi emasman».
Tramp, shuningdek, Yevropadan moliyaviy reparatsiya talab qildi: «Biz Yevropaga katta tarif qo‘ydik. Ular muzokaralar stoliga o‘tiradi. Ular gaplashmoqchi, lekin har yili bizga katta pul to‘lamaguncha hech qanday gap bo‘lmaydi - nafaqat hozirgi, balki o‘tmish uchun ham».
O‘tgan hafta prezident agar boshqa davlatlar «olamshumul» taklif qilsa, muzokaralar uchun ochiqligini aytgan edi.
Mavzuga oid

22:13
Tramp tariflari investorlarning AQSh obligatsiya bozorlaridan qochishiga olib keldi

20:19
Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi

19:30
Tramp avjiga chiqmoqda: «Bojlar urushi»da AQSh Xitoyni yenga oladimi?

18:10