Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
Yevropa Ittifoqi mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblangan Le Pen Parijdagi Nogironlar saroyi tashqarisida tarafdorlariga murojaat qilib, Fransiyada prezidentlikka nomzodini qo‘yish uchun kurashni davom ettirishga va’da berdi.

Foto: Rassemblement National/X
Bir necha ming namoyishchi Parijda "Milliy birlashuv" partiyasi parlament fraksiyasi rahbari, Fransiyada Yevropa parlamenti mablag‘larini talon-toroj qilgani uchun sudlangan Marin Le Pen ishtirokidagi mitingga qo‘shildi. Namoyishchilar o‘ta o‘ng siyosatchining 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan Fransiya prezidentligi saylovlarida ishtirok etishini taqiqlovchi sud qaroriga qarshi norozilik bildirgan, deb xabar berdi dpa 6 aprel, yakshanba kuni.
Aksiya «Milliy birlashuv» tashabbusi bilan Nogironlar saroyi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar namoyishda 10 ming kishi ishtirok etishini kutgandi. Bino oldidagi maydon to‘liq to‘lgani yo‘q, deb xabar berdi dpa.
«30 yil davomida men adolatsizlikka qarshi kurashdim. Va kurashishda davom etaman», — deya Le Pen so‘zlarini keltirgan AP. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, aksiya qisman saylovoldi mitingi xarakteriga ega edi. Olomon bir necha bor shunday hayqirgan: «Marin — prezident!» va «Ular bizdan 2027 yilni o‘g‘irlay olmaydi».
Le Penning bir qancha tarafdorlari «Adolat buyruqlarni bajaryapti» va «Sud diktaturasini to‘xtating» degan plakatlarni ko‘tarib yurgan. Boshqa ishtirokchilar Je suis Marine ("Men - Marin") yozuvlari tushirilgan futbolkalarni kiyib, Le Penni sudlangan va shunga qaramay ikkinchi marta mamlakatning eng yuqori lavozimini egallashga muvaffaq bo‘lgan AQSh prezidenti Donald Trampga qiyoslashdi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
-
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi
Jahon | 17:24
-
Bolgariya prezidenti 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston | 16:35
-
Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

13:29 / 01.06.2025
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi

10:18 / 18.04.2025
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti

07:54 / 02.04.2025