Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
Meva va sabzavotlardagi kempferol allergiya belgilarini yengillashtirishga xizmat qilishi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Unsplash
Professor Tiharu Nishiyama rahbarligi ostida Tokio universiteti tadqiqotchilari oziq-ovqat allergiyasi belgilarini kamaytirish va immun tizimining bunga qarshi javobini tartibga solishga qodir moddani aniqladi. Tadqiqot natijalari Allergy jurnalida chop etilgan.
Gap kempferol deb nomlanuvchi tabiiy flavonoid haqida bormoqda — bu modda ismaloq, brokkoli, loviya, qizil po‘stli olma, ko‘k choy va karam kabi mahsulotlarda mavjud. Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar davomida kempferol oziq-ovqatlarga, xususan, tuxum oqiga nisbatan allergik reaksiyani sezilarli darajada kamaytirishi aniqlangan.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, kempferol RALDH2 fermentining ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Bu ferment immun tizimining javob reaksiyasi shakllanishida muhim rol o‘ynaydi: u ichak hujayralariga yallig‘lanishni kamaytirishda va immun tizimining haddan tashqari faolligini bostirishda yordam beradi. Aynan shu ortiqcha faollik allergik va autoimmun kasalliklar asosi bo‘lib hisoblanadi.
Kempferol qabul qilgan sichqonlarda tana harorati pasaygan, diareya to‘xtagan va allergenga sezuvchanlik susaygan. Professor Nishiyamaning so‘zlariga ko‘ra, kempferolga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish nafaqat allergiya belgilari yengillashishiga, balki autoimmun kasalliklar holatini yaxshilashga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Garchi tadqiqot hayvonlar ustida o‘tkazilgan bo‘lsa-da, olimlar bu mexanizm inson organizmida ham ishlashi mumkin, degan fikrda. Yaqin kelajakda ular kempferolning insonlardagi allergiyaga qarshi samaradorligini aniqlash uchun klinik sinovlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

22:31 / 24.06.2025
Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin

00:30 / 23.06.2025
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi

11:46 / 21.06.2025