Rossiyada yirik nemis farmatsevtika kompaniyasining zavodi musodara qilindi
Putin farmoni bilan "Nijyegorodskiy ximiko-farmatsevticheskiy zavod" AJ vaqtincha boshqaruvga o‘tkazildi. U Stada xalqaro farmatsevtika konserni tarkibiga kiradi.

Foto: Bayer
Rossiyada Germaniyaning yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biriga tegishli zavod musodara qilindi. 4 aprel, juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Lyuksemburgning Nidda Lynx S.A R.L kompaniyasiga tegishli Nijniy Novgorod kimyo-farmatsevtika zavodi («Nijfarm») aksiyalarining yuz foizlik qismini vaqtinchalik boshqaruvga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Nidda Lynx S.A.R.L. Germaniyaning Stada Arzneimittel AG kompaniyasining yagona aksiyadori bo‘lgan Nidda Healthcare Holding Gmb tarkibiga kiradi.
Nidda Lynx S.A R.L "Nijfarm" aksiyalarini 2005 yildan beri ularga egalik qilgan Stada'dan 2023 yil noyabrida sotib oldi. Dekabr oyida "Nijfarm"ning o‘zi Stada «Rossiya kompaniyasini alohida biznesga aylantirgani» va bu «ichki qayta tashkil etish» ekanligini tushuntirdi. Stada global farmatsevtika bozoridagi eng muhim o‘yinchilardan biri hisoblanadi.
Rossiyaning "Farmirus" MChJ kompaniyasi "Nijfarm" aksiyalari boshqaruvchisi etib tayinlandi. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ko‘ra, kompaniya Anna Zaloginaga tegishli bo‘lib, «loyiha talablari asosida dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalarni kompleks yetkazib berishni amalga oshiradi».
Mavzuga oid

07:42
Rossiya Ukrainaning yangi hududlariga hujum boshlagan

16:09 / 09.04.2025
Rossiya va O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li loyihasi bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

10:48 / 09.04.2025
10 aprelda Istanbulda Rossiya va AQSh vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

10:10 / 09.04.2025