Avstriya chorva mollari orasida tarqalgan infeksiya sabab chegaralarini yopadi
Avstriya, shuningdek, qoramol, go‘sht, xom sut va yovvoyi qushlarning mamlakatga olib kirilishini taqiqladi.

Foto: Bild
Avstriya 5 apreldan boshlab Vengriya va Slovakiya bilan chegalarida joylashgan 24 ta nazorat-o‘tkazish punktlarini yopadi, deb xabar bermoqda Bild.
Qayd etilishicha, bunga qo‘shni davlatlarda oqsim kasalligi — juft tuyoqlilarda uchraydigan o‘tkir virus kasalligi tarqalgani sabab bo‘lmoqda.
Ayni vaqtda kasallik Avstriya chegarasidan bir necha kilometr uzoqlikdagi hududlarda tarqalgan. Vengriya va Slovakiya allaqachon minglab hayvonlarni yo‘q qilishni boshlagan, Avstriya shuningdek, qoramol, go‘sht, xom sut va yovvoyi qushlarning mamlakatga olib kirilishini taqiqlagan. Ushbu xavfsizlik choralari 20 mayga qadar amalda bo‘ladi.
«Bu biz bilgan eng xavfli virus», — deydi Vena veterinariya universiteti virusologi Norbert Novotna.
Oqsim — yuqumli kasallik bo‘lib, barcha juft tuyoqliklar, jumladan, qoramollar, echki va qo‘ylarning o‘limiga olib keladi. Shuningdek, ushbu kasallik bug‘u kabi yovvoyi hayvonlarga ham yuqishi mumkin. Uning tarqalishi qishloq xo‘jaligi uchun xavf tug‘diradi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar o‘rtalarida Germaniyadan Yevropa Ittifoqi tashqarisiga go‘sht va sut mahsulotlari eksporti jiddiy cheklovlarga duch kelgandi. O‘shanda bunga Berlin yaqinidagi ferma mollari orasida 40 yil ichida birinchi marta oqsil kasalligi qayd etilgani sabab bo‘lgan edi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi
Sport | 23:38 / 05.06.2025
-
Rossiyada ingliz tilidan IELTS imtihonini topshirganlarni qamash boshlanadi
Jahon | 23:27 / 05.06.2025
-
«Ilondan juda hafsalam pir bo‘ldi» - Tramp soliq imtiyozlariga oid qonun loyihasini tanqid qilgan Mask haqida
Jahon | 23:20 / 05.06.2025
-
Shvetsiya qamoqxonalarda joy yetishmayotgani sabab mahbuslarni Estoniyaga yuboradi
Jahon | 23:16 / 05.06.2025
Mavzuga oid

14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi

15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin

18:55 / 13.04.2025
Britaniya YeIdan go‘sht va sut mahsulotlari olib kirilishini taqiqladi

18:51 / 06.04.2025