O‘zbekiston | 17:07 / 03.04.2025
1533
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi

Bu o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini oshirish imkonini berishi ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen tomonidan Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

1958 yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy institutidir.

Ta’kidlanishicha, ofisning Toshkent shahrida ochilishi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonda va umuman Markaziy Osiyoda «yashil» iqtisodiyot, innovatsion sanoat va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini oshirish imkonini beradi.

Mavzuga oid