Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya «oltin viza» berishni to‘xtatdi
Ushbu dastur doirasida chet el fuqarolari 500 ming yevroga ko‘chmas mulk xarid qilib, Ispaniyada yashash huquqini qo‘lga kiritishi mumkin edi.

Foto: Getty images
Ispaniya hukumati 3 apreldan boshlab «oltin viza» — chet elliklarga sarmoya evaziga yashash uchun ruxsat olish imkonini bergan dasturni to‘xtatmoqda. Ushbu dastur doirasida eng talabgir variant 500 ming yevrodan ortiq mablag‘ga ko‘chmas mulk sotib olish edi, deydi mamlakat uy-joy va shaharsozlik vaziri Isabel Rodriges.
Vazirning ta’kidlashicha, «oltin viza» berishning bekor qilinishi narxlar yuqoriligi sabab uy-joy xarid qilolmayotgan fuqarolarga yordam berishga qaratilgan.
«Ijro hokimiyati tomonidan qabul qilingan ushbu choralar Irlandiya va Portugaliya kabi boshqa davlatlarning qarorlariga o‘xshash bo‘lib, 2022 yilda Yevrokomissiya tomonidan investorlar uchun mavjud fuqarolik tizimlarini bekor qilishga oid qattiq tavsiyalariga mos keladi», — deyiladi xabarda.
Chet el fuqarolari tomonidan 3 aprelga qadar olingan yashash guvohnomalari esa muddati tugagunga qadar amalda bo‘ladi. Yangi qonun kuchga kirishidan oldin «oltin viza» uchun berilgan arizalar oldingi qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Ispaniyada ushbu dastur 2013 yildan beri amalda edi. «Oltin viza»ni Ispaniya kompaniyalari aksiyalariga 1 million yevro yoki davlat qimmatli qog‘ozlariga 2 million yevro sarmoya kiritish evaziga ham olish mumkin bo‘lgan, ammo eng keng tarqalgan usul ko‘chmas mulkka pul tikish edi. 2023 yilda Ispaniyada ko‘chmas mulk xarid qilgan chet elliklar ulushi rekord darajaga — 18 foizga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabr oyida Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ygandi. «Oltin pasport» Kipr iqtisodiyotiga sarmoya kiritganlarga berilar edi. O‘z vatanida korrupsiya, fitna, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, o‘zlashtirish, firibgarlik va pul yuvish, jinoiy tashkilotda ishtirok etish va noqonuniy qimor o‘yinlari bilan bog‘liq operatsiyalarda ayblanganlar bu pasportdan mahrum etilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

08:15 / 23.07.2025
Ispaniyada Ukraina IIV sobiq xodimi o‘lik holda topildi

08:25 / 18.07.2025
O‘zbekiston ispanlar orasida sayohat uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi

22:05 / 13.07.2025
Ispaniyada migrantlar hujumi sabab tartibsizliklar boshlandi

23:23 / 11.07.2025