Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
Toshkent avtobuslarida chiptasiz harakatlanganlar jarimaga tortilmoqda. Rasmiylar yo‘l haqini to‘lamay tushib ketayotganlik holati tez-tez uchragani sabab martning o‘rtalaridan reyd tadbirlarini boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 aprel sanasiga qadar 56 kishiga 37,5 ming so‘m miqdorida jarima yozilgan.

Shu yil 1 yanvaridan boshlab Toshkentda avtobuslar naqd pulda yo‘l haqini qabul qilmay, to‘lov elektronlashtirildi. Yo‘lovchilar faqat ATTO, bank kartalari yoki QR kodli bir martalik chiptalar orqali to‘lovni amalga oshiradigan bo‘ldi.
Transport nazorat inspeksiyasiga ko‘ra, ayrim yo‘lovchilar yo‘l haqini hech qanday sababsiz to‘lamasdan avtobusdan tushib ketayotgani tez-tez uchramoqda, shu sababli inspeksiya xodimlari tomonidan doimiy reyd tadbirlari tashkil etila boshlangan.
“Toshshahartransxizmat” AJ bunday tadbirlar 14 mart sanasidan boshlangani va 1 aprelga qadar reydda chiptasiz harakatlangan 56 kishi jarimaga tortilganini ma’lum qildi. Jarima miqdori 37 500 so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, MJtKning 144-moddasiga ko‘ra, yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning o‘ndan bir qismi (bugungi kunda 37 500 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirakbar Ikromov Kun.uz bilan suhbatda poytaxtda 2 600 ta avtobekat mavjudligini, ularning 300 dan ortig‘ida avtobus uchun bir martalik QR-chiptalarni olish shoxobchalari mavjud emasligini aytgandi. Mas’ul ayni damda poytaxtdagi mavjud 5000 ga yaqin infokiosklarni tizimga integratsiya qilish ishlari ketayotganini ta’kidlagandi.
O‘z o‘rnida, elektron to‘lovlarning afzalligi bo‘lib, yo‘l haqi 1 700 so‘mni tashkil qiladi. Bir soat ichida bir nechta avtobuslardan foydalanish esa arzonlashadi, masalan, 1-martasiga 1 700 so‘m, 2-martasiga 700 so‘m, 3-martasiga esa bepul.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
-
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak
Jahon | 15:12
-
Sheremetevoda yana kollaps yuzaga keldi. 50 ga yaqin reys bekor qilingan
Jahon | 14:52
-
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi
Ta’lim | 14:48
Mavzuga oid

08:23 / 24.07.2025
Rossiya dumasi «ekstremistik materiallar»ni qidirganlik uchun jarimalarni tasdiqladi

17:34 / 17.07.2025
Piskentda bank kassiri haydovchilar to‘lagan jarimani o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi

14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

09:57 / 04.06.2025