O‘zbekiston | 15:52 / 01.04.2025
4022
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

Foto: Kun.uz

Ohangaron tumanida 1 aprel kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi. Toshkent viloyati IIBB YHXB xabariga ko‘ra, hodisa taxminan 08:00 larda A373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining 34-kilometrida yuz bergan.

Yo‘l-transport hodisasi Howo va “ZIL” yuk mashinalari hamda Cobalt va Nexia yengil mashinalari ishtirokida yuz bergan.

“Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan”, — deyiladi idora xabarida.

Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq Kun.uz manbasi mazkur yo‘l-transport hodisasida taxminan 9 ta mashinaga zarar yetgan bo‘lishi mumkinligi, shuningdek, qurbonlar ham bo‘lishi ehtimoli haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid