Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin gubernatorlar maoshini keskin oshirdi
Ularning oylik ish haqi 2026 yildan boshlab 5-10 barobarga oshadi.

Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin gubernatorlarning maoshlari va mukofot pullarini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Huquqiy axborotlar rasmiy portaliga joylashtirilgan hujjatga ko‘ra, endi ularning maoshi bosh vazir o‘rinbosarinikiga tenglashtiriladi.
Faridaily nashrining baholashicha, hozirda bosh vazir o‘rinbosarlari oyiga 1,2-1,3 million rubl maosh oladi (urush boshlanganidan keyin Putin o‘z farmoni bilan amaldorlarga daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’lon qilmaslikka ruxsat bergan, shu bois ularning aniq maoshi ma’lum emas).
Shu bilan birga, nashr manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, gubernatorlarning maoshlari «ancha» kam va 150-200 ming rublni tashkil etadi.
«Shunday qilib, 2026 yildan boshlab oblast rahbarlarining maoshi kamida 5-6 barobarga oshadi. Yuqori martabali federal amaldorlardan birining taxminicha, o‘sish ancha sezilarli bo‘ladi — taxminan 10 baravar», — deyiladi xabarda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda Rossiyada o‘rtacha maosh 87,9 ming rublni tashkil etgan.
Avvalroq Rossiyada kurerlarning maoshi diplomli mutaxassislarnikidan ham yuqori ekani aniqlangan edi. SuperJob ish qidirish xizmati tomonidan o‘tkazilgan «Kurer indeksi» tadqiqotiga ko‘ra, 2025 yil mart oyida Moskvada kuryyerlar uchun o‘rtacha maosh 130 ming rublni tashkil etgan bo‘lsa, oliy ma’lumotli mutaxassislar uchun bu ko‘rsatkich 105 ming rublni tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:19
-
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda
Jahon | 21:19
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
-
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:40
Mavzuga oid

18:33
Tramp yangi dedlayn belgiladi – endi Putin o‘t ochishni 10-12 kun ichida to‘xtatishi kerak

20:49 / 27.07.2025
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi

19:47 / 27.07.2025
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi

18:58 / 27.07.2025