Jamiyat | 08:40 / 01.04.2025
3450
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda Spark YPX xodimini urib yubordi

Andijonda YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, uni urib yurgan Spark haydovchisi haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi. 

Foto: Videodan kadr

YHXB ma’lum qilishicha, holat 30 mart kuni Andijon tumani O‘rikzor mahallasidan o‘tgan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

1989 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘zining Spark rusumli avtomobilini boshqarib ketayotganda dastlab rul boshqaruvini yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan yana bir Spark avtomobilining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Biroq haydovchi voqea joyidan ketib qolgan. Jabrlanuvchi holat yuzasidan ichki ishlar bo‘limi xodimlariga murojaat qilgan. 

Murojaatga asosan YPX xodimlari Spark avtomobilini to‘xtatish uchun harakat qilishgan. Ammo haydovchi to‘xtatish ishorasiga qaramasdan, xodimlarning qonuniy talablarini bajarmagan va YPX xodimini urib yuborib, harakatlanishda davom etgan.

Spark rusumli avtomobil haydovchisi mast holatda bo‘lgan va hozirda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan. Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga taqdim etilgan.

Mavzuga oid