Daniya AQSh vitse-prezidentining Grenlandiya bo‘yicha tanqidini rad etdi
Daniya xavfsizlik masalalarida «amerikaliklar bilan kecha-yu kunduz hamkorlik qilishga» tayyor, deya ta’kidladi qirollik bosh vaziri Mette Frederiksen.

Foto: JIM WATSON/AFP
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Devid Vensning qirollik Grenlandiya xalqi uchun yaxshi ish qilmagani va Arktika mintaqasi xavfsizligiga juda kam sarmoya kiritgani bo‘yicha ayblovini rad etdi. Xavfsizlik masalasida Daniya «amerikaliklar bilan kecha-yu kunduz hamkorlik qilishga» tayyor, deb ta’kidladi Frederiksen 29 mart, shanbaga o‘tar kechasi.
Tramp AQSh Grenlandiyani qo‘shib olishiga ishonyapti
Amerika Qo‘shma Shtatlari Grenlandiyani anneksiya qiladi, Donald Trampning bunga ishonchi komil. 13 mart kuni Oq uyda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda AQSh prezidenti orolning anneksiya qilinishi mumkinligi haqidagi savolga «O‘ylaymanki, shunday bo‘ladi», deb javob berdi. «Bizga bu (Grenlandiya) xalqaro xavfsizlik uchun kerak», deb tushuntirdi Tramp. U, shuningdek, Ryutte Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishida «muhim rol» o‘ynashiga ishonch bildirdi.
O‘z navbatida, Mark Ryutte «NATOni bu masala bo‘yicha muhokamalarga tortmoqchi emasligini» aytdi, lekin Rossiya va Xitoyning ushbu mintaqaga qiziqishi ortib borayotganligi sababli Arktika xavfsizligi uchun Grenlandiya muhimligini tan oldi.
Grenlandiyani o‘z ichiga olgan Daniya parlamentining mudofaa qo‘mitasi raisi Rasmus Yarlov o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQShning orolga da’volari «ikki NATO davlati o‘rtasida urushga» olib kelishi mumkinligini yozdi va Mark Ryuttening Tramp bilan uchrashuvdagi xatti-harakatlarini ham tanqid qildi. «Grenlandiya Daniyadan darhol mustaqillikka qarshi ovoz berdi va hech qachon Amerikaniki bo‘lishni xohlamaydi», deya qo‘shimcha qildi Yarlov.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?
Jahon | 19:45
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
-
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Jamiyat | 18:44
-
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 18:43
Mavzuga oid

11:39
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi

21:55 / 13.06.2025
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi

21:42 / 13.06.2025
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

16:47 / 13.06.2025