O‘zbekiston | 09:43 / 28.03.2025
105405
1 daqiqa o‘qiladi

Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi 30 mart, yakshanba kuni Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini e’lon qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 30 mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.

Shunga ko‘ra, yakshanba kuni Ramazon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:

1. Andijon viloyati  06:20
2. Namangan viloyati  06:20
3. Farg‘ona viloyati  06:20
4. Toshkent viloyati  06:30
5. Toshkent shahar  06:30
6. Samarqand viloyati  06:40
7. Sirdaryo viloyati  06:40
8. Jizzax viloyati  06:40
9. Qashqadaryo viloyati  06:45
10. Surxondaryo viloyati  06:45
11. Buxoro viloyati  06:50
12. Navoiy viloyati  06:50
13. Xorazm viloyati  07:05
14. Qoraqalpog‘iston Res.  07:15

Avvalroq Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti 30 mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga oid