Bo‘stonliqda 72 sotix yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
DXX tomonidan Bo‘stonliq tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi.

Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, Bo‘stonliq tumanida yashovchi 2 nafar shaxs o‘zaro kelishgan holda, mazkur tuman hokimligi tomonidan bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan shirkatning 2 nafar a’zosiga dala hovli qurish maqsadida ajratib berilgan 20 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, o‘zini go‘yoki ushbu yer uchastkasining egasi deb tanishtirgan fuqaro ham yer maydonini xaridor nomiga o‘tkazib berish evaziga ushbu 230 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Bo‘stonliq tumanida qayd etilgan yana bir holatda fuqaro o‘zining qarindoshiga tuman hokimligining 2008 yildagi qaroriga asosan Chirchiq daryosining muhofaza zonasidan obodonlashtirish hamda qayiqlar to‘xtash joyi barpo etish uchun ajratib berilgan 36 sotix yer maydonini 150 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shuningdek, kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, jami 160 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Toshkent shahrida yashovchi shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, unga Bo‘stonliq tumanida joylashgan va 8 nafar fuqaroga tegishli bo‘lgan 72,6 sotix noturar yer maydonining har bir sotixini 14 900 AQSh dollaridan hisoblab, jami 1 mln 81 ming 740 AQSh dollariga sotishga kelishishadi.
Shuningdek, mansabdor tanishlari orqali ushbu yer maydonini turar joy toifasiga o‘tkazib, u yerda ko‘p qavatli uy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 110 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi

10:55 / 27.03.2025
Davlat zaxirasidagi 2 gektar yerni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

10:09 / 25.03.2025