Jamiyat | 16:56 / 27.03.2025
1799
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

Kamera yozuvlari ko‘rilganda 25 mart kuni tarbiyachi R.G. bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aniqlangan.

Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi oilaviy bog‘chada tarbiyachi bolalarni urgani aniqlandi, deb xabar berdi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi.

Aniqlanishicha, ota-onalar muassasadan qaytgan farzandi bilan muloqot davomida tarbiyachining zo‘ravonlik qilayotganini bilib qolgan. Holatdan xabardor bo‘lgan ota-onalar 26 mart kuni muassasaga borib, kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni ko‘rsatishni talab qilgan. Kamera yozuvlari ko‘rilganda 25 mart kuni tarbiyachi R.G. bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, muassasa rahbari tarbiyachi R.G. bilan shartnomani bekor qilgan. Ota-onalarga bunday noxush holat takrorlanmasligi va «ularning ishonchini suiiste’mol qilmaslik» haqida munosabat bergan.

Qayd qilinishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tashkilotdagi barcha xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borgan. Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy ogohlantirish berilgan. «Zo‘ravonlikka qarshi» kafolat xati olingan.

Mavzuga oid