Shveytsariya elchisi ishga taklif bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ogohlantirdi
O‘zbekistonda yashab, Shveytsariyada ish qidirayotgan bo‘lsangiz, firibgarlik qurboni bo‘lib qolishdan o‘zingizni himoya qiling, dedi u.

Foto: Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga soxta ishga taklif qilish va qalbaki ish ruxsatnomalari bilan bog‘liq murojaatlar ko‘paygan. Bu haqda Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy ma’lumot berdi.
«Biz Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonasida firibgarliklar, jumladan, Shveytsariyaga yolg‘on ish takliflari va soxta ish ruxsatnomalari haqida tez-tez eshityapmiz. Shunday ekan, O‘zbekistonda yashab, Shveytsariyada ish qidirayotgan bo‘lsangiz, firibgarlik qurboni bo‘lib qolishdan o‘zingizni himoya qiling», dedi u.
Elchining ta’kidlashicha, ish taklifi kelib tushsa, juda ehtiyot bo‘lish va uning haqiqiyligini tekshirish, buning uchun Shveytsariyadagi ish beruvchi bilan bog‘lanish lozim.
«Juda muhim: hech qanday sharoitda pul to‘lamang yoki o‘tkazmang! Agar ish taklifi haqiqiy bo‘lsa, ishlash uchun ruxsatnoma olish ish beruvchining zimmasida bo‘ladi. Ish vizasini olish uchun Shveytsariyaning Moskvadagi elchixonasida joylashgan Mintaqaviy konsullik markaziga shaxsan ariza topshirish kerak bo‘ladi. Toshkentdagi elchixonaga emas! Agar jinoyat qurboni yoki firibgarlar bilan aloqada bo‘ldim, deb hisoblasangiz, bu haqda mahalliy ichki ishlar organiga xabar berishni tavsiya qilamiz», dedi Obolenskiy.
Mavzuga oid

16:09 / 28.03.2025
Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pul talab qilib olganida ushlandi

00:18 / 18.03.2025
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi

23:32 / 15.03.2025
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:27 / 11.03.2025