Prezident tabiiy gaz va elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi
Shavkat Mirziyoyev 26 mart kuni energiya resurslarini iqtisod qilish, iste’mol samaradorligini oshirish hamda ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Qayd qilinishicha, 2030 yilga borib, mamlakat aholisi 41 millionga yetishi, iqtisodiyot 2 karra o‘sishi kutilayapti. Bu energiya resurslariga bo‘lgan talabni hozirgidan 1,5 karra oshiradi. Shuning uchun yangi loyihalarni ishga tushirib, quvvatni ko‘paytirish bilan birga energiyani tejash choralarini ko‘rish zarur.
Yig‘ilishda mutasaddilar shu boradagi ishlar va kelgusi rejalar to‘g‘risida axborot berdi.
Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, o‘tgan yilgi tajribani davom ettirib, joylarda energiyani tejash imkoniyatlari olimlar ishtirokida ilmiy asosda o‘rganilmoqda. Xususan, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxdagi o‘rganishlarda 870 million kilovatt soat elektr va 420 million kub metr gazni iqtisod qilishning yangi imkoniyatlari aniqlandi. Masalan, bu viloyatlardagi kichik va o‘rta sanoat korxonalarida 35 mingga yaqin eskirgan uskunalarni tejamkoriga almashtirib, yiliga 385 million kilovatt soat elektr va 50 million kub metr gaz tejash mumkin.
Tuman va mahallarda energiyani iqtisod qilish bo‘yicha imkoniyatlar juda ko‘p. Masalan, 300 ta mahallada 100 megavattli kichik quyosh stansiyalari barpo qilib, shu yilning o‘zida 45 million kub metr gaz tejasa bo‘ladi. Bundan tashqari, kanal va soylarda quriladigan mingdan ziyod mikro GES hisobiga qo‘shimcha 175 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi. Ko‘chalarni yoritishga ham yiliga 200 million kilovatt elektr sarflanayapti. Quyosh panelli chiroqlar o‘rnatilsa, iste’mol 2 karra kamayadi.
Shu kabi imkoniyatlar hisobidan, bu yil 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz va 2,6 milliard kilovatt soat elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha reja olindi.
Davlat rahbari, birinchi navbatda, yirik sanoat korxonalarida zamonaviy tejamkor uskunalar o‘rnatish, energiya isrofini kamaytirish zarurligini ta’kidladi. Hukumatga bu sohada yangicha ijro va nazorat tizimida ishlash topshirildi.
Ishxonalar va uy-joylarda energiyani tejash madaniyatini oshirish ham muhim. Elektr va gazni behudaga yoqib qo‘ymaslik, quyosh panellari va boshqa muqobil manbalardan foydalanish ham ancha hajmni tejaydi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida aholi zich joylashganini hisobga olib, ularni energiya bilan ta’minlashda alohida yondashuv ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

15:18 / 02.06.2025
Elektr va gaz narxlarining o‘zgarishi. Bu iste’mol hajmi va ta’minot darajasiga qanday ta’sir qildi?

20:31 / 31.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi

21:05 / 30.05.2025