Olimlar saraton va diabetni davolashda gen terapiyasining asosiy to‘sig‘ini bartaraf etdi
Amerikalik olimlar lipid zarrachalariga ega davolovchi DNKni xavfsiz yetkazish usulini yaratdi.

Foto: Shutterstock
Pensilvaniya universiteti olimlari terapevtik DNKni hujayralarga lipid nanozarrachalari yordamida yetkazishning xavfsiz usulini ishlab chiqib, gen tibbiyoti sohasida ulkan yutuqqa erishdi. Texnologiya diabet, saraton va yurak kasalliklarini davolash usullarini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Ilgari DNK yetkazib berish bo‘yicha urinishlar halokatli immun reaksiyalarni keltirib chiqargan edi, biroq yangi tizimga nitroolein kislotasi qo‘shilishi yallig‘lanishni bostirib, sichqonlar ustida o‘tkazilgan sinovlarda 100 foiz bardoshlilikni ta’minlagan.
Bir necha soat ichida parchalanib ketadigan mRNKdan farqli o‘laroq, DNK yarim yilgacha faol qoladi — bu surunkali kasalliklarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, ushbu usul nojo‘ya ta’sirlarni minimallashtirib, genetik ko‘rsatmalarni aniq hujayralarga yetkazish imkonini beradi.
Lipid nanozarrachalari COVID-19 ga qarshi qo‘llanilgan mRNK-vaksinalaridagi kabi «konteyner» usulida ishlaydi. Ular terapevtik DNKga yuklanadi. Shu bilan birga, nitroolein kislotalar STING yo‘lini bloklaydi, natijada hujayralar kasallikka qarshi kurashuvchi maqsadli oqsillarni ishlab chiqarishni boshlaydi.
Olimlar jamoasining kashfiyoti begona DNKni bemorlarga kiritish xavfi bilan bog‘liq muammoni hal qildi.
Endi ular boshqa to‘qimalar va kasallik modellarida sinovlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Agar usul samaradorligi tasdiqlansa, u viruslar yoki inʼeksiyalar bilan bog‘liq xavflarsiz uzoq muddatli gen terapiyasi davrini boshlab beradi.
Mavzuga oid

23:02 / 24.03.2025
Olimlar yorug‘lik yordamida hujayra shaklini boshqarishni o‘rganib oldi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

21:23 / 23.02.2025
Olimlar erta insultning sirli sababini aniqladi

21:19 / 17.02.2025