Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon 2024 yilda 15 milliondan ortiq kontrafakt mahsulotlarni musodara qildi
Onlayn riteyler o‘tgan yili kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashga 1 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritgan.

Foto: AP
Amazon kompaniyasi 2024 yilda 15 milliondan ortiq soxta mahsulotni aniqlab, yo‘q qildi. Bu haqda kompaniyaning brendlarni himoya qilish bo‘yicha yillik hisobotida so‘z boradi.
Onlayn riteyler 2020 yilda kontrafakt mahsulotlarga qarshi keng qamrovli dastur ishga tushirgan bo‘lib, shundan beri 24 mingdan ortiq huquqbuzar javobgarlikka tortilgan.
Hisobotda qayd etilishicha, o‘tgan yili kompaniya kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashga 1 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritgan, xususan, malakali dasturchilarni ishga yollagan. Sun’iy intellekt asosidagi vositalarni joriy etish va takomillashtirish natijasida onlayn platformada soxta mahsulotlarning 99 foizi savdoga chiqishi oldi olingan.
Brendlarning kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha shikoyatlari, tekshiruvlar natijasida tasdiqlangan holatlar soni 2020 yildan beri 35 foizga kamaygan, shu bilan birga, platformadagi mahsulotlar soni yil sayin ortib bormoqda.
O‘tgan yili Amazon Transparancy («Shaffoflik») nomli mahsulot tekshirish dasturiga brendlarning o‘zlarini ham jalb qilib, ularga tizimga kirish imkoniyatini taqdim etgan. Natijada ushbu tizim orqali 2,5 milliarddan ortiq mahsulot tekshirilgan, dasturda ishtirok etayotgan brendlar soni esa so‘nggi besh yilda 10 mingdan 88 minggacha oshgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Jahon | 20:05
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
-
“Bir oyda ikki marta kelishi kerak, ikki oyda bir marta kelyapti” – joylarda chiqindi tashish qanday ishlamoqda?
O‘zbekiston | 18:57
Mavzuga oid

18:39 / 02.07.2025
Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi

19:44 / 22.06.2025
Amazon sun’iy intellekt sabab ishchi kuchini qisqartiradi

21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi

20:44 / 07.05.2025