Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trent yozda «Real»ga o‘tadi
Trent Aleksander-Arnold «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etadi. Uning vakillari madridliklar bilan maosh va bonuslar bo‘yicha kelishib olgan. So‘nggi haftalarda mersisaydliklar klubi ushbu 26 yoshli futbolchisini shartnomani yangilashga ko‘ndirishga harakat qilgan, ammo u «Real»ga o‘tish fikridan qaytmagan.

Foto: Getty Images
«Liverpul» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold 2025 yil 1 iyulda rasman Madridning «Real» klubi a’zosiga aylanadi. Ingliz futbolchisi agentlari «qaymoqranglilar» bilan allaqachon besh yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan, unga ko‘ra futbolchiga 15 mln yevro maosh to‘lanadi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bergan.
«Liverpul»da futbolchining yillik maoshi 11 million yevro edi.
Ma’lum qilinishicha, Aleksander-Arnoldga muayyan natijalar uchun mukofot pullari, shuningdek, shartnomaga rozilik bergani uchun bonus ko‘zda tutilgan, bu bonus miqdori transfer qiymatiga teng bo‘ladi. Transfermarkt portalida Trentning transfer narxi 75 mln yevroga baholangan.
Bundan oldinroq Marca jurnalisti Xose Feliks Dias ham Trent Aleksander-Arnold yana bir bor «Liverpul»ning shartnomani yangilash bo‘yicha taklifini rad etganini xabar qilgandi.
«Liverpul» yana bir marta angliyalik himoyachidan rad javobi oldi. Uning «Real»ga o‘tish qarori allaqachon qabul qilingan va buni hech narsa o‘zgartira olmaydi», — deb yozgandi Dias o‘z kolonkasida.
Aleksander-Arnold «Liverpul» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi,
u 2016 yil yozidan buyon asosiy jamoa safida o‘ynab keladi. U mersisaydliklar klubi uchun jami 349 o‘yinda maydonga tushib, 22 gol urgan va 87 golga uzatma bergan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?
O‘zbekiston | 12:45
-
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:36
-
O‘zbekiston BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashiga saylandi
O‘zbekiston | 12:34
-
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi
Jahon | 11:47
Mavzuga oid

19:58 / 07.07.2025
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi

18:38 / 06.07.2025
Yevropa grandlari bu forvardlar uchun navbatda. Kim qayerga o‘tadi?

11:26 / 06.07.2025
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi

13:23 / 03.07.2025