Turkiyada namoyishlar avj olmoqda, yuzlab odamlar hibsga olingan
Juma kuni kechqurun yuz minglab kishilar Istanbul meri Akrom Imomo‘g‘li hibsga olinganiga norozilik bildirib, so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik norozilik namoyishlari uchun Istanbul ko‘chalariga chiqdi. Ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlar qo‘llanmoqda. Erdo‘g‘an «ko‘cha terrorizmi» haqida gapirmoqda.
Turkiyada namoyishlar taqiqlanganiga qaramay, Istanbul meri Akrom Imomo‘g‘lining korrupsiya va terrorchi guruhlarga yordam berishda ayblanib hibsga olinishi ortidan norozilik namoyishlari avj olmoqda. Imomo‘g‘li bilan birga tergov doirasida yuzdan ortiq kishi, jumladan siyosatchilar, jurnalistlar va tadbirkorlar hibsga olingan.

Namoyishlar 19 martdan beri Turkiyaning eng yirik shahri Istanbul va poytaxt Anqaradan tashqari, Izmir, Adana, Antalya, Chanoqqal’a, Eskishehir, Ko‘nya va Edirne shaharlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.
Istanbul meri o‘zining X sahifasida Sarachhane hududidan olingan, behisob odam aks etgan videoni joylashtirdi.
Imomo‘g‘li qo‘lga olinishi u 2028 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishidan bir necha kun oldin ro‘y berdi.
Mazkur partiya yetakchisi O‘zg‘ur O‘zelga ko‘ra, Istanbulda 300 mingga yaqin odam namoyishga chiqqan.
«Bu JXP mitingi emas, bu yerga shahar meri Imomo‘g‘li bilan birdamlik bildirish va demokratiyani himoya qilish uchun kelgan barcha partiyalardan odamlar yig‘ilgan», – dedi u shahar hokimiyati binosi oldida to‘plangan namoyish ishtirokchilariga.
U Erdo‘g‘an «mahkamani qurol sifatida ishlatib, Imomo‘g‘lining qo‘llarini qayirishga harakat qilayotgani»ni, ammo bunga yo‘l qo‘yilmasligi va Erdo‘g‘an bu norozilik namoyishlaridan qo‘rqayotganini ta’kidladi.
O‘zelning zo‘ravonlik qilmaslik va politsiya bilan to‘qnashuvga bormaslik haqidagi chaqiriqlariga qaramay, uning nutqi davomida namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashdi, politsiya esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va plastik o‘qlardan foydalandi.
To‘qnashuvlar Anqara va Izmirda ham qayd etilgan, u yerda politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda yetakchi muxolifatchilardan birining hibsga olinishi ortidan norozilik to‘lqini kuchayib borayotganini qoraladi. Erdo‘g‘an juma kungi chiqishida hukumat «vandalizm» yoki «ko‘cha terrori» qarshisida «taslim bo‘lmasligi» va jamoat tartibi buzilishiga toqat qilmasligini aytdi.
«Jamoat tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz vandalizm yoki ko‘cha terrorizmiga berilmaymiz. Turkiya ko‘chada topilgan davlat emas», – degan u.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya namoyishlar vaqtida jami 343 kishi qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi. Ko‘chalarga chiqqanlardan tashqari, «internetda zo‘ravonlikka chaqiriqlarni tarqatganlar» ham ushlanmoqda.
«Ijtimoiy tartibni buzishga, el-yurtimiz tinchligi va xavfsizligiga tahdid soladigan, to‘polon va fitna ortidan quvadigan kimsalarga hech qachon yo‘l berilmaydi, ularga mutlaqo ko‘z yumilmaydi. Osoyishtaligimiz va xavfsizligimiz garovi bo‘lgan politsiyachilarimiz kecha-yu kunduz o‘z vazifasini sidqidildan bajarmoqda», – degan vazir.
Uning yozishicha, namoyishchilar bilan to‘qnashuvlarda 16 nafar politsiyachi jarohatlangan.
Imomo‘g‘li va uning tarafdorlari hibsga olinishi so‘nggi oylarda butun mamlakat bo‘ylab muxolif siyosatchilar, jurnalistlar va san’at sohasi vakillariga qarshi keng ko‘lamli qatag‘onlar ortidan sodir bo‘ldi.
Muxolifatchilar hibsga olishlar siyosiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilganini da’vo qilmoqda, biroq adliya vazirligi hibsga olishlar ortida Erdo‘g‘an turibdi deb hisoblovchilarni tanqid qildi va sud tizimi mustaqil ekanini iddao qilmoqda.
Imomo‘g‘li o‘tgan yili mahalliy saylovlarda g‘alaba qozonib, ikkinchi muddatga Istanbul meri lavozimida qolgandi.
Bu Erdo‘g‘an hokimiyatga kelganidan beri ilk marta uning partiyasi saylovlarda mag‘lubiyatga uchrashi bo‘lgandi.
Saylov natijalari Istanbulda ulg‘aygan va shahar meri bo‘lishga ulgurgan prezident uchun ham shaxsiy zarba bo‘ldi.

Erdo‘g‘an 22 yildirki, rahbarlik lavozimlarini egallab kelmoqda, u ham bosh vazir, ham prezident sifatida Turkiyani boshqargan. Agar konstitutsiyani o‘zgartirmasa, muddat cheklovlari tufayli u 2028 yilgi saylovlarda o‘z nomzodini qo‘ya olmaydi.
JXPdan prezidentlikka nomzod tayinlash yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Ovoz berishda bir yarim million kishi ishtirok etadi va Akrom Imomo‘g‘li yagona nomzod bo‘lib qolmoqda.
JXP, shuningdek, fuqarolarni ramziy saylovlarda ovoz berishga chaqirdi va odamlar hibsga olingan merni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatishlari uchun Turkiya bo‘ylab okruglarda saylov qutilarini joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham sirtqi ta’limga qabul amalga oshirilmaydi
O‘zbekiston | 13:37
-
Suriyalik shifokor Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 13:36
-
Xominaiyni o‘ldirishga ruxsat bermagan Tramp, Erdo‘g‘anning rejalari va yadro arsenalini kuchaytirayotgan Xitoy – kun dayjesti
Jahon | 13:05
-
Mers Tramp bilan suhbatdan keyin: Rossiyaga bosimni kuchaytirish kerak
Jahon | 12:57
Mavzuga oid

14:09 / 16.06.2025
Erdo‘g‘an: Isroil G‘azodagi genotsiddan e’tiborni chalg‘itmoqchi

20:11 / 31.05.2025
Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga chaqirmoqda

18:39 / 31.05.2025
Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi

16:21 / 22.05.2025