O‘zbekiston IFAD'dan qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb qilmoqchi

Foto: Dunyo
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi BMTning Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi vakili bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova BMTning Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (IFAD) O‘zbekistondagi vakili Laura Mattioli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb qilish va IFAD moliyaviy va texnik yordami komponentlarini ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirishni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid

11:26 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?

09:40 / 16.04.2025
AQSh O‘zbekistonga ajratiladigan grantni bekor qildi

16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi

14:25 / 31.03.2025