Yevropa Ittifoqi mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi
Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari kelgusi besh yil ichida Yevropa mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga chaqirdi. 27 mart kuni Parijda Ukraina tarafdorlari sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Omar Havana/AP Photo/picture alliance
Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari kelgusi besh yil ichida Yevropaning mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha barcha sohalarda ishlarni jadallashtirishga chaqirdi. Bu haqda 20 mart, payshanba kuni Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan yakuniy hujjatlarda aytiladi.
Chaqiriq Yevropa kengashining 6 martdagi maxsus sessiyasi yakunlari va Yevropa mudofaasining 2030 yilgacha bo‘lgan muddatga operativ tayyorgarligi to‘g‘risidagi Oq kitob (hukumat axborot hujjati)ga asoslangan.
«Kuchliroq va qobiliyatli Yevropa Ittifoqi global va transatlantik xavfsizlikka ijobiy hissa qo‘shadi va NATOni to‘ldiradi, bu esa Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning jamoaviy mudofaasi asosi bo‘lib qoladi», — deya ishonch bildirdi Bryussel.
Germaniya kansleri Olaf Shols sammit arafasida Germaniya «o‘z milliy va ittifoqdosh davlatlar mudofaa salohiyatini mustahkamlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi» kerakligini aytdi, deb yozadi AFP.
Yevropada qayta qurollanish
19 mart kuni Yevropa Ittifoqi Yevropada qayta qurollanish haqida qaror qabul qildi — mudofaaga 800 milliard yevrogacha sarmoya kiritilishi kerak.
Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen umumiy qiymati 150 milliard yevro bo‘lgan kreditlar berish uchun «Yevropa Ittifoqining yangi moliyaviy vositasi»ni yaratishga chaqirdi.
Shu bilan birga, YeIga a’zo davlatlar yevroobligatsiyalar deb ataladigan masala – Yevropaning qo‘shma qarz majburiyatlari bo‘yicha kelishmovchilikni davom ettirmoqda. Shunday qilib, Shols umumiy qarzga qarshi chiqyapti. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, aksincha, «biz umumiy qarzga qaytishimiz kerak» deb hisoblaydi, deya eslatadi AFP.
Shuningdek, moliyalashtirish Yevropa Ittifoqi davlatlariga Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga imkon yaratishi kerak.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 15:00
-
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi
Jahon | 14:59
-
Javob raketalarni otgan Eron va Isroilga yordam berayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:14
-
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi
O‘zbekiston | 14:12
Mavzuga oid

13:18
YeI ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2027 yil martigacha uzaytirdi

16:24 / 09.06.2025
Yevropaga ochilayotgan eshik: Slovakiya bosh vaziri tashrifi va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar

11:52 / 07.06.2025
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

11:22 / 06.06.2025