Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda uy hayvonlarini klonlash xizmati ommalashmoqda
Xizmat narxi 52 ming dollargacha yetadi.

Foto: Baidu
Xitoy aholisi uy hayvonlarini klonlash xizmatlaridan tobora ko‘proq foydalanishni boshladi, deb xabar bermoqda South China Morning Post gazetasi.
Nashr pekinlik dizayner Lyu Sin haqida yozdi. Qiz taxminan 15 yil oldin ko‘chadan mushuk topib olgan. Unga Tomket deb nom bergan. Yoshi ulg‘aygani sari mushuk kasallana boshlagan. Qiz uning davolanishiga qariyb 14 ming dollar sarflagan. Lyu Sin Tomketning umri yakuniga yetayotganini tushungach, internetdan hayvonlarni klonlash xizmatini izlay boshlagan.
Mushuk o‘lganidan so‘ng kompaniya mutaxassislari uning terisidan namunalar oldi. Uchinchi urinishda ular Tomketni klonlashga muvaffaq bo‘ldi — mushukcha asl nusxasi bilan deyarli bir xil edi. Xizmat uchun Lyu Sin 19 ming dollar to‘ladi.
Klonlash bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning ta’kidlashicha, mushuklar va itlarni klonlashda murakkablik shundaki, surrogat ona homilani ko‘tara olmasligi yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta klonlarni tug‘ishi mumkin. Xizmat buyurtmachilari odatda klonlangan uy hayvonlarini 12-18 oy ichida qo‘liga oladi. Bunda ularga hayvonning sog‘lig‘i haqidagi xulosa, genetik taqqoslash natijalari va fotoalbom ham taqdim etiladi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zida klonlar kasal holda tug‘ilishi yoki asl nusxadan farq qilishi holatlari ham kuzatilgan.
Xitoyda hayvonlarni tijorat maqsadida klonlashtirishga ruxsat berilgan, biroq bu xizmatning ommalashuvi bilan jamiyatda axloqiy masalalar tobora ko‘proq ko‘tarilmoqda. Shu bilan bir vaqtda, ushbu jarayonning narxi ham oshmoqda — hozirda klonlashtirish xarajati 21 mingdan 52 ming dollargacha yetadi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Ozarboyjon bo‘ysunishga tayyor emas»: Boku va Moskva bahsi nima bilan tugaydi?
Jahon | 19:30
-
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV
O‘zbekiston | 19:00
-
SEVEN DATES PREMIUM: inqilobiy Italiya sog‘liq uchun ichimligi MDH bozorida
Jamiyat | 19:00
-
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi
O‘zbekiston | 18:43
Mavzuga oid

18:33 / 09.05.2025
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025