«Rossiyaning zarbalari tinmayapti». Zelenskiy RF qo‘shinlari Ukrainaga 200 ga yaqin dron bilan hujum qilganini aytdi
Kirovograd oblastidagi Kropivnitskiy shahri «dushmanning eng yirik hujumini boshdan kechirgan».

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylari 20 martga o‘tar kechasi Ukraina hududiga 171 ta zarbdor dron, shuningdek, turlicha chalg‘ituvchi soxta dronlar bilan hujum qildi, deb xabar berdi Ukraina qurolli kuchlari harbiy-havo kuchlari.
Ukraina harbiylari tongga qadar Xarkiv, Poltava, Sumi, Chernihiv, Cherkass, Kiyev, Jitomir, Vinnitsa, Kirovograd, Dnipropetrovsk, Zaporijjya va Xerson oblastlarida «Shaheed» tipidagi 75 ta dronni urib tushirdi. Yana 63 ta imitator dron «manzilidan adashgan».
Hujum oqibatida Kirovograd, Sumi va Donetsk oblastlari jabr ko‘rdi, deya ma’lum qildi Ukraina qurolli kuchlari.
Kirovograd oblasti fuqarolik ma’muriyati rahbari Andrey Raykovichning aytishicha, Kropivnitskiy shahri «dushmanning eng yirik hujumini boshdan kechirgan». Ukraina FVDX ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolik infratuzilmasi shikastlangan, shaharning bir qancha hududlarida turar joy binolariga zarar yetgan. 10 kishi jarohatlangan, ular orasida to‘rt nafar bola ham bor.
«Propaganda maqsadidagi bayonotlarga qaramay, Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari to‘xtamayapti. Har kuni va har kecha – yuzlab va undan ortiq dronlar, raketa hujumlari ham tinmayapti. Har bir bunday zarba orqali rossiyaliklar dunyoga o‘zining tinchlikka bo‘lgan haqiqiy munosabatini ko‘rsatadi», – deya hujumlarga munosabat bildirdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Rossiya qo‘shinlari tunda 200 ga yaqin dron uchirganini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 18 va 19 mart kunlari avval Vladimir Putin, so‘ngra Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Vashington Moskva va Kiyevga 30 kun davomida energetika infratuzilmasi obektlariga zarba berishdan tiyilishni taklif qildi. Rossiya va Ukraina rozi bo‘ldi.
Kelishuv shartlari – uning boshlanish sanasi, tomonlar aynan qaysi infratuzilmaga o‘zaro hujum qilmasligi ochiqlanmagan. Rossiya va Ukraina bir-birining hududlariga dronlar bilan hujum qilishda davom etdi.
Xususan, RF Mudofaa vazirligi Ukrainani 19 martga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasining Kavkaz stanitsasidagi energetika infratuzilmasi obektiga uchta dron yordamida «qasddan hujum» uyushtirganlikda aybladi. Ushbu hujumdan so‘ng Kreml Kiyevda «kelishuv tuzish qobiliyati yetishmasligi» haqida bayonot berdi.
Mavzuga oid

20:27 / 20.03.2025
Reuters: Razvedka Trampga Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylar qurshovda emasligini ma’lum qilgan

15:46 / 20.03.2025
Zelenskiy rossiyalik harbiylar Sumida F-16 qiruvchisini urib tushirgani haqidagi xabarni rad etdi

12:36 / 20.03.2025
Tramp Kiyevga Ukrainadagi AESni AQSh nazorati ostiga olishni taklif qildi

10:33 / 20.03.2025