Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Qarindoshlarimizga prank qilmoqchi edik” – “Gelik” oynasini sindirib, video olgan er-xotinlar uzr so‘radi
Mercedes-Benz G-klass avtomobilining oynalari sindirib ketilgani haqida yig‘lab video qilgan ayol va eri uzr so‘rab chiqdi. Holat bo‘yicha Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv davom etayotgani ma’lum qilindi.

Foto: Videodan kadr
Instagram’da “Gelik” avtomobilining oynalari sindirib ketilgani haqida er-xotin videosi tarqaldi. Unda ayol “Gelik” rusumli avtomobili oynalarini kimdir sindirib ketgani, bu uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilishini aytib yig‘lagan. Uni turmush o‘rtog‘i tasvirga olgan. Shundan keyin er-xotinning uzr so‘rab chiqqan 2-videosi tarqaladi. Videoga ko‘ra, ulardan ichki ishlar organlari uzr so‘rattirishgan. Juftlik oldingi video hazil tariqasida olingani, bundan afsusda ekanini aytgan.
“Uchtepa tumanida yashaymiz. 2 kun oldin mashinamizning old oynasi singandi. Bu kishi (turmush o‘rtog‘i) almashtiraman deganlari uchun qarindoshlarimizga prank qilaylik degan maqsadda old oynasini o‘zimiz sindirdik va uni video qilib, men Instagram’imga qo‘ydim. Bu noto‘g‘ri ma’noda hamma joyga tarqaldi. Buning uchun ichki ishlar xodimlaridan va buni noto‘g‘ri tushungan insonlardan uzr so‘raymiz. Biz buni o‘zimiz uchun qilmoqchi edik, bu qonuniy emas ekan”, – degan ayol.
Toshkent shahar IIBBning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv davom etmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:47
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
Mavzuga oid

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

08:13 / 06.05.2025
Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

18:31 / 20.03.2025