Kiyev: Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaga yirik havo hujumini amalga oshirmoqda
Oblast ma’muriyati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning markaziy qismidagi Kropivnitskiyga hujum qilingan, yaradorlar bor.

Foto: Telegram / kirovogradskaODA
Rossiya qurolli kuchlari yana Ukrainaga yirik havo hujumini amalga oshirmoqda. Ukraina harbiy-havo kuchlari 20 mart, payshanbaga o‘tar kechasi bir qator yo‘nalishlardan dronlarning harakatlanishi haqida xabar berdi.
Shu tariqa, Kirovoxrad oblasti davlat ma’muriyati rahbari Andrey Raykovich Telegramʼda mamlakat markazidagi Kropivnitskiy eng katta hujumni boshidan kechirganini yozdi – xususiy sektor, ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rgan, yaradorlar bor, ular orasida bola ham bor. Shifokorlar bir nechta operatsiyalarni amalga oshirdilar. Raykovichning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa, Novonikolayevka va Balashovka mikrorayonlari hujumga uchragan. Tezkor shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, ertalab shaharning barcha kommunal xizmatlari oqibatlarni bartaraf etish ustida ish olib boradi.
Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning 19 mart kuni ma’lum qilishicha, Rossiya qurolli kuchlari aviatsiyadan foydalangan holda Kupyanskka zarbalar bergan.
Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, bir necha soat ichida shaharga 20 dan ortiq boshqariladigan havo bombalari tashlangan.
Zelenskiy: Rossiya Ukraina infratuzilmasiga hujum qilishda davom etmoqda
«Hozir ko‘plab mintaqalarda Rossiyaga aslida nima kerakligi eshitilmoqda. 40 ga yaqin "shahedlar" osmonimizda, HHM ishlamoqda», deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 19 martga o‘tar kechasi Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oq uy rahbari Donald Trampning Rossiya va Ukraina 30 kun energetika tizimiga zarba berishdan voz kechgani haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlagi to‘g‘risidagi bayonotidan keyin.
Zelenskiy, shuningdek, «ayniqsa, fuqarolik infratuzilmasiga» zarbalar haqida xabar berdi. «Sumidagi kasalxonaga "shahed" tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berildi, Donetsk oblastidagi shaharlarga zarbalar, hujumkor dronlar hozirda Kiyev, Jitomir, Sumi, Chernixiv, Poltava, Xarkiv, Kirovohrad, Dnipropetrovsk va Cherkassk viloyatlari osmonida», deb yozdi u.
Ukraina prezidenti Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash, Ukrainaga ko‘proq yordam ko‘rsatish, «ittifoqchilarni mustahkamlash» va to‘rt yildan buyon o‘zini Rossiya harbiy agressiyasidan himoya qilib kelayotgan o‘z mamlakati uchun xavfsizlik kafolatlari ustida ish olib borishga chaqirdi. «Bugun Putin o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha taklifni amalda rad etdi. Butun dunyo Putinning urushni uzaytirish bo‘yicha har qanday urinishlarini rad etishi to‘g‘ri bo‘lardi», — qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xominaiyni o‘ldirishga ruxsat bermagan Tramp, Erdo‘g‘anning rejalari va yadro arsenalini kuchaytirayotgan Xitoy – kun dayjesti
Jahon | 13:05
-
Mers Tramp bilan suhbatdan keyin: Rossiyaga bosimni kuchaytirish kerak
Jahon | 12:57
-
Rossiya TIV: AQSh munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni bekor qildi
Jahon | 12:49
-
Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochiladi
O‘zbekiston | 12:14
Mavzuga oid

12:49
Rossiya TIV: AQSh munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni bekor qildi

11:00
Kiyevga dronlar zarbasi: kamida 14 kishi halok bo‘ldi

08:58
Kiyevga dronlar hujumi: kamida 18 kishi jarohatlandi

22:20 / 16.06.2025