Netanyahu: HAMAS bilan muzokaralar endi o‘t ochish to‘xtatilmasdan davom etadi
Isroil bosh vaziri G‘azo sektoriga zarbalar «faqat boshlanishi» ekanini aytib, garovga olinganlarni ozod etishni talab qildi.

Foto: Kommersant
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hukumat «urush maqsadlariga erishish va G‘azo hududi tahdid tug‘dirmasligini ta’minlash uchun kurash olib borishini» ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga zarbalari «faqat boshlanishi» bo‘lib, ular «garovga olinganlarni ozod qilish uchun zarur». Netanyaxu, shuningdek, bundan buyon HAMAS bilan har qanday muzokaralar jangovar harakatlar davom etayotgan sharoitda olib borilishini ta’kidladi.
«Men agar HAMAS rad etish siyosatini davom etsa va garovdagi fuqarolarimizni qo‘yib yubormasa, urushga qaytishimiz haqida ko‘p marta gapirganman. Va mana, biz katta kuch bilan jang maydoniga qaytdik. Mudofaa vaziri bilan birga, TSAHAL va xavfsizlik xizmatlarining HAMASga qarshi jangovar harakatlarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyasini oldik. Shu ondan boshlab Isroil HAMASga qarshi shiddat bilan harakat qiladi. Va endi muzokaralar faqat jang maydonida olib boriladi» — deydi Binyamin Netanyahu.
HAMAS bilan ikki oylik sulhdan keyin Isroil kuni kecha G‘azo sektorida harbiy harakatlarni qayta boshladi. Mamlakat hukumati zarbalar nishoni HAMAS qo‘mondonlari ekanini ma’lum qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 350 dan ortiq inson halok bo‘lgan, ular orasida G‘azo hukumati bosh vaziri Essam al-Da’alis ham bor.
HAMAS Isroil hukumati garovdagilar hayotini xavf ostiga qo‘yayotganidan ogohlantirdi. BMT Isroilning aviazarbalarini «qabul qilib bo‘lmas», deb atadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp HAMAS harakatiga «oxirgi ogohlantirish» berib, garovga olinganlarning barchasini zudlik bilan ozod qilishni talab etgan edi. Biroq harakat bu tahdidni e’tiborsiz qoldirib, Isroil bilan kelishuvning ikkinchi bosqichiga o‘tilmaguncha hech kim ozod etilmasligini ma’lum qilgan.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt, o‘z navbatida, Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp «do‘st va ittifoqchi Isroil»ni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. «Prezident Tramp, HAMAS, husiychilar nafaqat Isroilni, balki Amerika Qo‘shma Shtatlarini ham terror qilmoqchi bo‘lganlarning barchasi buning uchun tovon to‘lashini aniq tushuntirdi», – deydi Livitt.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi
Jamiyat | 00:08
-
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi
Jahon | 00:03
-
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?
Jahon | 23:41 / 03.06.2025
Mavzuga oid

15:05 / 03.06.2025
Isroilning yordam tarqatish joylarini o‘qqa tutishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 52 kishiga yetdi

11:09 / 02.06.2025
Tramp maxsus vakili HAMASning AQShga javobini «mutlaqo qabul qilib bo‘lmas» deb atadi

10:17 / 02.06.2025
Mers Netanyahuni G‘azoga yordamni kuchaytirishga chaqirdi

08:15 / 02.06.2025