Fransiya yadroviy kallaklarga ega qiruvchi samolyotlarini Germaniya bilan chegaraga joylashtiradi
Emmanuel Makron 2035 yilga qadar Lyuksey-sen-Sover aviabazasiga yadroviy kallaklarga ega Rafale qiruvchi samolyotlari joylashtirilishini e’lon qildi.

Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Germaniya bilan chegarada joylashgan Lyuksey-sen-Sover aviabazasiga tashrif buyurdi. U 2035 yilga qadar aviabazaga yadroviy kallaklarga ega Rafale qiruvchi samolyotlarini joylashtirish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
«2035 yilda Lyuksey tovushdan tez yadroviy kallaklarga ega yangi modifikatsiyadagi Rafale joylashtiriladigan birinchi aviabazaga aylanadi», — deydi Makron harbiylar oldidagi chiqishi davomida. Yelisey saroyi prezident nutqini X ijtimoiy tarmog‘i orqali translatsiya qilib bordi.
5 mart kuni Fransiya xalqiga murojaatida Emmanuel Makron Rossiya Ukrainadagi urushni global mojaroga aylantirishga urinayotganini ma’lum qilgandi. U yevropalik ittifoqchilariga Fransiya yadroviy quroli yordamida himoyalanishni taklif qildi. YeI davlatlari orasida Germaniya ham ushbu tashabbusni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.
«Biz yadroviy tiyib turuvchi qurollarimiz bilan himoyalanamiz. U keng qamrovli, suveren va to‘liq fransuzcha, — degan Makron. — Biroq men Yevropa qit’asidagi ittifoqchilarimizni yadroviy tiyib turuvchi vositalarimiz orqali himoya qilish borasida strategik muhokamalarni boshlashga qaror qildim».
O‘z navbatida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Makronning Yevropa xavfsizligini kuchaytirish zarurligi va Ukrainaning urushdagi mag‘lubiyatiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytgan xalqqa murojaatini keskin tanqid qildi. Peskov Makronning chiqishini «juda va juda ziddiyatli» deb atadi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texasda kutilmagan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi
Jahon | 17:44
-
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi
Jahon | 17:18
-
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?
O‘zbekiston | 17:00
-
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi
Jahon | 16:46
Mavzuga oid

23:10 / 01.07.2025
Putin va Makron 3 yil ichida birinchi marta telefonda gaplashdi

21:15 / 02.06.2025
Parijdagi muzeydan Makronning mumdan yasalgan haykali o‘g‘irlandi

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

14:00 / 27.05.2025