Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqda Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi yoshlar yetakchilariga “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga topshiriq berilgani aytildi. Agentlik hech kim yetakchilarga bunday buyruq bermaganini, agar shunday holat bo‘lsa, o‘rganish o‘tkazishini bildirdi.

Foto: Yoshlar ishlari agentligi
Tarmoqlarda Yoshlar ishlari agentligiga tegishli “Ibrat Academy” loyihasining pulli shaklini sotib olishga tizimdagi xodimlar majburlangani haqida postlar tarqadi. Unda ayrim davlat xizmatchilaridan “Ibrat Academy”ning premium versiyasini olish talab qilingani aytiladi.
“Qandaydir sertifikat olish ham ayrim davlat xizmatchilarida ixtiyoriy-majburiy ravishda talab qilinmoqda, degan xabarlar kelyapti. Bunga ham balki oydinlik kiritilar, ochiq muloqot bo‘lsa”, – deb yozgan X (sobiq Twitter) tarmog‘i foydalanuvchisi.
Buni boshqa bir foydalanuvchi ham tasdiqlagan. “Yoshlar yetakchilariga “Super start” loyihasini majburan sotib oldirishyapti. Menga IELTS sertifikatim borligi uchun indashmadi”, – degan u.
Kun.uz gaplashgan yoshlar yetakchisi bu ixtiyoriy-majburiy topshiriq ekanini aytdi. Unga ko‘ra, agentlikning joylardagi boshqarmalari xodimlari yetakchilardan ilovani necha kishi sotib olgani haqida ma’lumot so‘raydi.
Pulli variantdan foydalanayotgan xodim loyiha maktabda o‘rgatiladiganidan ortiq bilim bermasligini qo‘shimcha qildi.
Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritish uchun Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati bilan bog‘landi. Ma’lum qilinishicha, hech bir yetakchiga ilovaning pulli variantini sotib olish bo‘yicha topshiriq berilmagan. “Agar aniq bir ma’lumot bo‘lsa, biz bu holatni tekshiramiz”, – dedi agentlik vakili.
“Ibrat Academy” – til o‘rgatuvchi “Ibrat farzandlari” loyihasining bir qismi bo‘lib, 2022 yilda tashkil qilingan. Dastlab loyiha xorijiy tillarni yoshlarga bepul o‘rgatish maqsadida, budjet mablag‘lari asosida tashkil qilingan edi. Hozir loyihaning pulli shakli ham bor. Agentlikning izohlashicha, loyiha o‘z-o‘zini rivojlantirishi uchun pulli versiya joriy etilgan. “Bu loyiha, ya’ni “Super start” uchun budjetdan mablag‘ ajratilmagan”, – dedi tashkilot xodimi.
216 ta darsni qamrab olgan “Super start” loyihasi obunasi 159 ming so‘m, chegirma bilan 127 ming so‘mga sotilyapti.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

21:02 / 17.05.2025
O‘zbekistonda millionlab yoshlarni birlashtirayotgan yirik festival o‘tkazilmoqda

20:50 / 27.02.2025
Amaldorlar daraxtlarni kesayotganda yoshlarni daraxt ekishga ilhomlantirish mumkinmi? – mas’ullarning javobi

14:45 / 27.06.2024
Yoshlar ishlari agentligiga tegishli Malibu yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlandi

19:05 / 20.01.2024