Jamiyat | 22:03 / 17.03.2025
2283
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi

Mirobod tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti Qorasuv kanaliga tushib ketdi.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar IIBB YHXB Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 17 mart kuni soat 20:25 larda Mirobod tumani Boyovut ko‘chasida 33 yoshli O.T. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, Abdurauf Fitrat MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanaliga tushib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida kelib chiqqan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid