Toshkent viloyatida qizlarni shahvoniy maqsadda O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan 8 nafar shaxs ushlandi
Toshkent viloyati IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida viloyat hududida «Xavfsiz hudud» tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Foto: IIBB
Odam savdosiga qarshi o‘tkazilgan tadbirlar davomida, ayol va qizlarni shahvoniy maqsadda O‘zbekiston tashqarisiga olib chiqmoqchi bo‘lgan 8 nafar shaxs daliliy ashyolar bilan ushlandi. Natijada 5 nafar ayol odam savdosi qurboniga aylanishining oldi olindi.
Xususan, 2006 yilda tug‘ilgan qizni Turkiyaga noqonuniy ravishda olib chiqmoqchi bo‘lgan, Olmaliq shahrida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, axloq va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar bilan kurashish yo‘nalishida orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS)ni tarqatish bilan bog‘liq 13 ta holat aniqlanib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy huquqiy chora ko‘rilishi natijasida, ushbu shaxslarning boshqa fuqarolarga infeksiya yuqtirishining oldi olindi. Shuningdek, tadbir davomida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 85 ta, fohishalik bilan shug‘ullanish bo‘yicha esa 16 ta holat fosh etilib, barchasiga nisbatan tegishli tartibda qonun ustuvorligi ta’minlandi.
Shu kabi, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida noqonuniy qurol saqlash, tovlamachilik va qimorxona tashkil qilish bilan bog‘liq 27 ta jinoiy holat aniqlandi. Barcha gumonlanuvchilarga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rildi.
Mavzuga oid

11:05 / 13.06.2025
Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

20:55 / 12.06.2025
“1 soatda bitadigan muammoni 1,5 yildan beri cho‘zishmoqda” – Zangiotada tayyor yangi maktab ish boshlamayapti

21:03 / 04.06.2025
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori

13:55 / 29.05.2025