Jamiyat | 15:44 / 16.03.2025
2265
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Xorazm viloyati Shovot tumanida yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Gurlan tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan B.Yu. va D.Yu. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, Shovot tumani “Mevazor” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yerni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 66 000 dollar evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 45 000 dollar va 130 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid