Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi
Bunda ijtimoiy himoyaga muhtoj abituriyentlar orasida o‘tish balining kamida 80 foizini to‘plaganlar ketma-ket tanlab olinadi.

Foto: Kun.uz
Hukumat qaroriga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan 10 foizgacha bo‘lgan miqdorda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan ijtimoiy toifadagi abituriyentlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladi.
Bunda muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat grantiga o‘tish balining 80 foizi va undan yuqori ball to‘plagan belgilangan toifadagi abituriyentlar ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda talabalikka tavsiya etiladi.
Mazkur imtiyoz abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamda ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirishda Davlat komissiyasi tomonidan davlat grantiga belgilangan minimal o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga nisbatan qo‘llanadi.
Bundan tashqari, o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi. Ya’ni belgilangan toifadagi talabalar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (GPA — grade point average) «3,5» va undan yuqori bo‘lganda keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor
Jamiyat | 13:31
-
Fransiya: YeI Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni tayyorlamoqda
Jahon | 13:26
-
Xarkivda bir sutka ichida dronlar hujumidan 82 kishi jabrlandi
Jahon | 13:19
-
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18
Mavzuga oid

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

20:53 / 01.07.2025
«Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik» ekotizimi joriy etiladi

12:11 / 25.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar

11:14 / 17.06.2025