Ayrim dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan qo‘llanadi
Ro‘yxat 34 dori vositasi hamda 117 tibbiy buyumni o‘z ichiga oladi.

Foto: Shutterstock
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llash va olib kirishga ruxsat beriladigan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan analoglari mavjud bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxat prezidentning "Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hamda "Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan va 34 dori vositasi hamda 117 tibbiy buyumni o‘z ichiga oladi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.03.2025 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

08:45 / 18.06.2025
Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

11:36 / 17.06.2025
Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorini 16 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

12:11 / 10.06.2025
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

15:50 / 08.06.2025