Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: «Kurskda asir tushganlarga terrorchilardek munosabatda bo‘linadi»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 mart kuni, Ukraina o‘tgan yil avgustda bostirib kirganidan keyin ilk marta Kursk oblastiga bordi. Putin Kurskka armiya oliy bosh qo‘mondoni sifatida harbiy kiyimda borgan.

Ilk marta kamfulyajda
Putin kecha Kurskka tashrifi vaqtida urush boshlanganidan buyon ilk marta kamfulyajda ko‘rinish berdi. Bungacha u harbiylar bilan barcha uchrashuvlarda kostyumda qatnashayotgandi. Biroq Putin kiygan komfulyajda qon guruhi, harbiy xizmatchining ismi va harbiy darajasi ko‘rsatilgan shevronlar yopishtirilmagandi. Bilsangiz kerak, Putin KGB va FSBdagi faoliyati davomida polkovnik darajasigacha ko‘tarilgan. Lekin o‘tgan asr oxirida general darajasini olishga ulgurmay, avvaliga FSB direktori, keyin hukumat rahbari va undan keyin prezident lavozimigacha ko‘tariladi.
Putinni Kurskdagi boshqaruv shtabida urush davomida amalda armiyani boshqarayotgan shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov kutib oldi. Tashrifdan ilk kadrlar prezident pulidagi asosiy jurnalist Pavel Zarubinning kanalida paydo bo‘ldi.
«Asirlarga terrorchi deb qaraymiz»
Tashrif davomida shtab boshlig‘i Gerasimov Ukraina Kurskda 67 mingdan ortiq harbiysini yo‘qotgani, 400 ukrain asir tushgani haqida hisobot berdi. Shuningdek, Ukraina Kurskda egallab olgan hududlardan 86 foizi qaytib olinganini aytdi. Gerasimovga ko‘ra, oxirgi 5 kunda ruslar Kurskdagi 24 ta aholi punktlarini, ya’ni 259 kilometr kvadrat hududni qaytib olgan. Alohida hududlarda ruslar Ukraina chegarasiga chiqqan.
Kreml sahifalarida e’lon qilingan videoda Putin navbatdagi marta Ukraina chegarasi atrofida xavfsizlik zonasi tashkil qilish masalasini o‘ylab ko‘rish kerakligi, shuningdek, Kurskka bostirib kirgan ukrainlar orasida asir olinganlarga terrorchilardek munosabatda bo‘linishini aytdi.
Muzokara oldidan
Putinning Kurskka borgani harbiy va siyosiy ahamiyatga ega voqea. Harbiy jihatdan tabiiyki, Kursk endi xavfsiz degan ma’noni bildirib, Rossiya tez orada xalqaro tan olingan hududini qaytib olishidan dalolat. Siyosiy jihatdan esa Putin Tramp boshchilik muzokarachilarga signal yuborib, hech qanday yon berish bo‘lmasligini bildirdi. Ya’ni janoblar, men polkovodets sifatida g‘alaba ketidan g‘alaba qozonyapman, sizning Ukrainangiz muzokarada foydalanmoqchi bo‘lgan Kurskni ham qaytib oldim, endi shartni men qo‘yaman, deyapti.
Rossiya hozir chindan kuchli pozitsiyada. Ukraina esa faqat o‘zi ishlab chiqargan dronlar bilan Rossiyaga hujum qilishni uddalayapti. Bunday holatda Rossiyani yon berishga undash imkonsiz. Buning ustiga muzokaraning eng tepasida turgan Donald Tramp kelganidan beri Putinning pozitsiyasiga zid gap aytgani yo‘q, aytmasa ham kerak. Chunki Tramp Putinga qarshi borsa, urush cho‘zilib ketadi, AQSh prezidenti esa urushni tezda tugatishini aytib «katta ketib qo‘ygan».
Avvalroq Ar Riyozdagi AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Kiyev 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rozi bo‘lganini e’lon qilgandi. Kreml so‘zchisi Dmitriy Peskovning aytishicha, bugun Putin shu masalada Rossiyaning pozitsiyasi haqida chiqish qilishi mumkin.
Rus nashrlari prezident ma’muriyatiga yaqin manbalarga tayanib yozishicha, Putin kelishuvni rasmiyatchilik uchun ochiq rad qilmaydi, lekin Kiyev bajara olmaydigan shartlar qo‘yadi. «Putin shu tariqa Ukrainani o‘rtadan chiqarib, to‘g‘ridan to‘g‘ri Amerika bilan gaplashmoqchi», deb yozgan xususan «Verstka» nashri. Biz voqealar rivojini kuzatib boramiz. Bodroqni g‘amlab qo‘yavering.
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 08:47
-
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi
Jahon | 08:25
-
BAA O‘zbekiston mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan elektron platformani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 08:24
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
Mavzuga oid

23:31 / 25.07.2025
Tramp Putin bilan Zelenskiy uchrashishini ma’lum qildi

08:01 / 25.07.2025
Putin tashkilotlarni «ekstremistik» deb tan olishni soddalashtirdi

20:11 / 24.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

12:55 / 18.07.2025