Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada iqlim bo‘yicha o‘tkaziladigan sammitga tayyorgarlik ko‘rish uchun daraxtlar kesib tashlandi
Braziliyada noyabr oyida COP30 iqlim sammiti o‘tkaziladi. Mamlakat hukumati sammit o‘tkaziladigan joyga yo‘l yotqizish maqsadida Amazoniya o‘rmonlarini kesmoqda.

Foto: BBC
Braziliyada Amazoniya tropik o‘rmonlarini kesish boshlandi. Bu Belen shahrini 2025 yil noyabr oyida o‘tkaziladigan COP30 iqlim sammiti o‘tkaziladigan joy bilan bog‘lovchi yo‘lni qurish uchun amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, sammitda ishtirok etish uchun 50 mingga yaqin odam tashrif buyuradi.
Rasmiylar yovvoyi hayvonlar uchun maxsus o‘tish yo‘laklarini tashkil etishni va’da qilgan bo‘lsada, ko‘plab mahalliy aholi va tabiat himoyachilari o‘z noroziliklarini bildirmoqda. Ularning hisoblashicha, o‘rmonni kesish iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga bag‘ishlanadigan sammit g‘oyasiga ziddir.
Loyihaga ko‘ra, yangi quriladigan yo‘l atrofiga daraxtlar ekiladi. Ayni vaqtda ekskavatorlar qo‘riqlanadigan maydon orqali o‘tadigan yo‘lni tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Klaudio Verekete ismli fuqaro yo‘l o‘tkaziladigan hududdan taxminan 200 metr uzoqlikda yashaydi. Oldinlari u daraxtlar mevasini terib, sotish orqali daromad qilgan. «Barchasi yo‘q qilindi. Endi oilani boqish uchun daromadimiz yo‘q», — deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, erkak shtat hukumatidan hech qanaqa kompensatsiya olmagan va ayni vaqtda g‘amlab qo‘ygan mablag‘lari hisobiga kun kechirmoqda.
Shtat hukumatining infratuzilma bo‘yicha vakili Adler Siveyra ushbu avtomagistralni COP30 doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar uchun amalga oshiriladigan 30 ta loyihadan biri deb atadi. Uning aytishicha, yo‘l bo‘yida hayvonlar harakatlanishi uchun alohida o‘tish joylari, velosiped yo‘laklari va quyosh orqali yoritish tizimlari bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi
O‘zbekiston | 14:18
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

14:31 / 11.07.2025
Hakerlar Braziliya banklaridan 140 million dollar o‘g‘irladi

14:41 / 07.07.2025
BRICS davlatlari Trampning bojlarini tanqid qildi

11:41 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi

06:02 / 22.06.2025