Jahon | 08:50 / 11.03.2025
3780
2 daqiqa o‘qiladi

Sud rossiyalik tadbirkorni «Kerimovning yaxtasi» egasi deb tan olmadi

«Rosneft» sobiq bosh direktori Eduard Xudaynatov sud tomonidan AQShda rossiyalik milliarder Sulaymon Kerimovga aloqador bo‘lgan Amadea superyaxtasining faqat «nominal egasi» sifatida tan olingan. Endi kema musodara qilinishi mumkin.

Foto: Marco Garcia/File Photo, Reuters

Nyu-York federal sudi 10 mart, dushanba kuni rossiyalik tadbirkor va «Rosneft» kompaniyasining sobiq rahbari Eduard Xudaynatovni Amadea superyaxtasining egasi sifatida tan olishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda AFP. Yaxtaga boshqa hech kim egalik qilmayotgani sababli, AQSh Adliya vazirligi endi suddan kema egasi yo‘qligi sababli (by default - «sukut bo‘yicha») davlat foydasiga musodara qilinishiga ruxsat berishni so‘raydi.

AQSh prokurorlari Xudaynatov faqat Amadea'ning «nominal egasi» ekanligiga va yaxta aslida rossiyalik milliarder va siyosatchi, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin ittifoqchisi, 2018 yildan beri AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan va 2022 yilda qayta sanksiyaga duchor bo‘lgan Suleyman Kerimovga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilishdi.

Yaxta 2022 yil bahorida qo‘lga olingan

Fiji rasmiylari Amadea motorli yaxtasini 2022 yilning may oyida AQSh orderi bilan qo‘lga oldilar, chunki Vashington Kremlni Ukrainadagi urushni tugatishga majburlash uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin odamlarga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi.

Qo‘shma Shtatlar sudda Amadea'ning egalik huquqini talab qilmoqda. Keyin u kimoshdi savdosiga qo‘yilishi mumkin. Pastki qismida vertolyot maydonchasi, suzish havzasi, jakuzi va qishki bog‘ bilan jihozlangan 106 metrlik kemaning narxi 300 million dollarga baholanmoqda. Ayni damda yaxta San-Diyego portida.

Mavzuga oid