Toshkentda xorijiy til bilish sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
U tanishlari yordamida imtihonsiz Toefl IBT Home Edition xorijiy til sertifikatini 1400 dollarga olib berishini aytib, shundan 700 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro D.S. fuqaro F.A.ga tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarsiz Toefl IBT Home Edition xorijiy til sertifikatini 1400 AQSh dollari evaziga olib berishini aytib, shundan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi

12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi

14:44 / 30.01.2025
Britaniya O‘zbekiston mahsulotlarini sertifikatlashga ko‘maklashadi

09:00 / 09.01.2025