Jahon | 11:44 / 08.03.2025
3590
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Dobropoleni o‘qqa tutdi: kamida 4 kishi halok bo‘ldi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk oblastidagi Dobropole shahriga zarba berdi. Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 18 kishi yaralandi, deya xabar berdi mahalliy hukumat. Dobropole front chizig‘idan 20 km uzoqlikda joylashgan.

Foto: DSNS

Rossiya armiyasining Ukrainaning Donetsk oblastidagi Dobropole shahriga bergan zarbasi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 18 kishi yaralandi. Bu haqda oblast harbiy ma’muriyati boshlig‘i Vadim Filashkin 8 mart, shanbaga o‘tar kechasi Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Tunda rossiyaliklar shaharga uchta zarba berishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rtta ko‘p qavatli uy zarar ko‘rgan», — deb yozadi rasmiy. U ko‘p qavatli uydagi yong‘in suratini e’lon qildi.

Urushdan oldin Dobropoleda 30 mingga yaqin odam yashagan. Shahar hozirda shiddatli janglar olib borayotgan Pokrovskdan 20 km shimolda joylashgan.

Mavzuga oid