Britaniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga birinchi milliard dollarni taqdim etdi
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mablag‘lar mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.

Foto: PA images
Ukraina Buyuk Britaniyadan Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromad bilan ta’minlangan birinchi transhni qabul qilib oldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Extraordinary Revenue Acceleration for Ukraine (ERA) dasturi doirasida Kiyevga 752 million yevro (qariyb 971 million dollar) o‘tkazilgan.
Shmigal mablag‘lar Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yo‘naltirilishini ma’lum qilib, «Rossiya pullarini Ukraina uchun ishlashga majbur qiladigan mexanizm» uchun «katta yettilik»dagi sheriklariga minnatdorchilik bildirdi.
Bosh vazir Kiyev Rossiyaning barcha suveren aktivlari kelajakda musodara qilinib, Ukraina foydasi uchun berilishiga umid qilishini qo‘shimcha qildi.
G7 davlatlari Rossiya Markaziy bankining G‘arbda muzlatilgan mablag‘larini foydalanishdan keladigan daromaddan Ukrainaga 50 milliard dollar kredit ajratishga kelishib olgan. Rossiyaning muzlatilgan mablag‘larining aksariyati (umumiy summa 260 milliard yevrodan oshadi) Belgiyaning Euroclear depozitariylarida saqlanadi. G‘arb davlatlari ushbu mablag‘lardan foydalanish masalasini bir necha bor muhokama qilgan, ammo yakunda yuridik jihatdan aktivlarning o‘zini musodara qilish mumkin emas, degan xulosaga kelgan.
2024 yil dekabr oyida Ukraina AQShdan Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini foydalanishdan kelib tushgan daromadlar hisobidan birinchi milliard dollarni qabul qilgandi. Rejaga ko‘ra, Vashington Kiyevga 50 milliard dollarning 20 milliardini taqdim etishi kerak.
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

16:09 / 09.03.2025
Rishi Sunak: Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainani tiklashga yo‘naltirish kerak

22:17 / 04.03.2025
Britaniya fuqaroligini olishni istayotgan amerikaliklar soni rekord darajada oshdi

20:17 / 02.03.2025